Rossiya strategik aviatsiyasi Ukrainaga endi Kaspiy dengizi hududidan emas, balki Rostov viloyatidan hujum qila boshladi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi spikeri Yuriy Ignat gapirib o‘tdi, deya xabar beradi “Liga Novini”.
Ignatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya strategik bombardimonchilari Ukrainani X-101 va Kh-555 raketalari bilan bombardimon qilishda davom etmoqda, ammo hozir ular hujumni Kaspiy dengizidan emas, balki Rostov viloyatidan amalga oshirmoqda.
“Ya’ni, yaqinroqdan. Bu hujumga javob berish uchun kamroq vaqt qoldiradi”, — dedi Ignat.
Uning tushuntirishicha, raketa 900 km/soat tezlikda uchadi, agar u Kaspiy dengizi hududidan uchirilgan bo‘lsa, u holda havo kuchlarining reaksiyaga kirishishi, odamlarning esa yerto‘lalargaga tushishi uchun ko‘proq vaqti bor.
Ignatning aytishicha, hozirda ruslarning asosiy maqsadi Ukrainaning muhim energetika infratuzilmasi obyektlaridir.
Izoh (0)