• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Stalinning superjosusi — Rixerd Zorgening qo‘lga olinishi, Benazir Bxuttoga qarshi uyushtirilgan terakt va desantchilar samolyotining halokati. Kun xronologiyasida 18-oktabr

    18-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan tarixdagi eng mashhur superjosus — Rixard Zorgening qo‘lga olinishi, Benazir Bxuttoga qarshi uyushtirilgan Pokiston tarixidagi eng yirik terakt va desantchilarni olib qaytayotgan SSSR samolyotining halokatiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Stalinning superjosusi: Rixard Zorge qanday qilib tarixni o‘zgartirib yuborgandi?

    1941-yilning 18-oktabr kuni Yaponiyada afsonaviy sovet razvedkachisi Rixard Zorge va uning guruhini asosiy qismi qo‘lga olingan edi. Ikki agent — Miyagi va Odzaki bir kun oldin ushlangan, keyinchalik Zorge rezidentsiyasi a’zolarini hibsga olish davom ettirilgan: 1942-yilning yanvarida dastlabki qo‘lga olinganlar ko‘rsatmasi bo‘yicha hisbga olishlarning ikkinchi to‘lqini bo‘lib o‘tgan.
    Foto: “TASS”
    “Nemis jurnalisti”ning Tokio markazida joylashgan kvartirasi tintuv qilinganda fotoapparatlar, naushniklar, telegraf, nusxa ko‘chiruvchi apparat va radistda topshirish uchun tayyorlab qo‘yilgan uchta telegramma topilgan. Guruhning qolgan a’zolariga tegishli kvartiralar ham tekshirilganida ularning josusligini isbotlovchi dalillar topilgan. Qo‘lga kiritilgan hujjatlar va ushlangan shaxslarning ko‘rsatmalari Zorge hibsga olinguniga qadar yozgan radiogrammalarni o‘qish imkonini bergan. Xabarlar Germaniyaning statistik yilnomalari yordamida kodlangan.

    Yapon radiopelengatorlari 1937-yildayoq Zorgening radistlari efirini payqab qolgan, biroq ularga yaqinlashishga ulgurmagan. Yaponlar oxir-oqibat qanday qilib qo‘lga tushmas Zorgening izini topgani hozirga qadar ma’lum emas.

    Tokiodagi razvedkachilar tomonidan Moskvaga yuborilgan eng muhim ma’lumotlardan biri, Yaponiya yaqin vaqtlar ichida SSSRga hujum qilishga tayyorlanmayotgani, o‘zining jangovar harakatlarini AQSHga qarshi yo‘natirayotgani haqida bo‘lgan. Oliy bosh qo‘mondon ushbu ma’lumotlarga ishonib, sharqiy chegaralardan o‘nlab diviziyalar, minglab tank va samolyotlarni G‘arbiy frontga — Moskva ostonasida tashlab, shu orqali urush taqdirini hal etgan. Natijada razvedka borasidagi ko‘plab mutaxassislar, shuningdek, G‘arbdagi josuslar haqidagi ko‘plab romanlar mualliflari Zorgeni “barcha davrlarning eng yaxshi josusi”, “dunyoni o‘zgartirgan josus”, “tarixdagi eng haybatli josus”, “tengsiz”, “Stalinning Jeyms Bondi” deb atashadi. Uning ishidan AQSH armiya generali Fuglas Makartur, “ikki tomonlama josus” Kim Filbi, yozuvchilar Yan Fleming, Tom Klensi va Lens Morrou, hatto Zorge ishi bo‘yicha bosh prokuror Mitsusada Yosikava ham ilhomlangan. “Umrim davomida undanda buyukroq insonni ko‘rgan emasman”, — degandi prokuror. Ammo bu unga Zorgeni o‘lim jazosiga hukm etishga to‘sqinlik qila olmagan.

    Zorge o‘zining yaqin yordamchisi Xotsumi Odzaki bilan birga 1944-yilning 7-noyabrida osib o‘ldirilgan. Uning yuragi dordan yechib olinganidan keyin ham bir necha daqiqa urishni davom etgan. Guruhning qolgan a’zolari qamoqqa yuborilgan, ikki nafari umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

    Rixard Zorgening Yaponiyadagi rafiqasi Xanako Isi uning eski chandiqlari orqali qamoqxonadagi jasadlar orasida ajratib olib, dafn ettirgan va 2000-yilgacha — vafot etguniga qadar uning qabrini ziyorat qilgan. U bir nechta kitob ham yozgan: “Zorge — inson” (1949-yil), “Butun muhabbati — Zorgega” (1951-yil) va hokazo. Zorgening rasmiy turmush o‘rtog‘i Yekaterina Maksimovaning “NKVD” 1942-yilning sentabrida Moskvada josuslikda gumonlab hibsga olgan — bunga uning uzoq qarindoshi tomonidan bildirilgan shikoyat sabab bo‘lgan. U 1943-yili qamoqda vafot etgan.

    Stalin Zorgening taqdiriga boshqa qiziqish bildirmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, razvedkachini bir necha yaponga almashish taklif etilgan, ammo u razvedkachining SSSRga aloqasi borligini tan olishdan bosh tortgan va dushman taraf bilan biror-bir muzokara o‘tkazishni istamagan.

    Zorge guruhining faoliyatiga qiziqish G‘arbda, jumladan, Qo‘shma Shtatlarda urushdan keyin kuchaygan, ular rezvedkachi Yaponiyaning tajovuzkorligini Sovet Ittifoqidan AQSHga yo‘naltirgan deb hisoblagan. Amerikaliklarning qo‘liga Zorge guruhiga aloqador yapon arxividagi ma’lumotlar kelib tushgan, ammo hujjatlarning bir qismi yo‘qolib ketgandi. Sekin-asta “sovet superjosusi” haqidagi kitoblar va filmlar Xrushchyovga ham yetib borgan va u 1964-yilda tegishli arxivlarni ko‘tarishni buyurib, bularning barchasi haqiqat ekaniga ishonch hosil qilgan. Rixard Zorge o‘limidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni nomiga loyiq ko‘rilgan.
    Foto: “TASS”
    “Ramzay”, “Inson” va “Zonter” taxalluslari ostida faoliyat ko‘rsatgan Zorgening shaxsi uning g‘arbdagi muxlislarini juda qiziqtirib kelgan. Endilikda u haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud. Zorge 1895-yilda germaniyalik muhandis, Nobelning firmasida neft qazib chiqarish bilan shug‘ullangan Gustav Vilgelm oilasida dunyoga kelgan. Rixardning bobosi — Firdrix Adolf Zorge — Karl Marks kotibi bo‘lgan. 1989-yilda oilasi bilan Rossiyadan Germaniyada ko‘chib o‘tgan Rixard avvalida o‘zini inqilobiy g‘oyalardan uzoq deb o‘ylab, germaniyalik vatanparvar hisoblab kelgan.

    1914-yilda o‘qishni tashlagan Rixard ko‘ngilli sifatida nemis armiyasi safida g‘arbiy frontga yo‘l olgan. U artilleriya tarkibiga qo‘shilgan, bir necha bor jarohat olgan, unter-ofitser unvonini olgan va 2-darajali Temir hoch bilan taqdirlangan. Fransiyaning Verdan qal’asi ortidagi bir nechta jangovar harakatlarda qatnashgan. 1917-yilning aprelida snaryad portlashidan og‘ir yaralanib, nogiron bo‘lib qolgan. Operatsiyadan keyin bitta oyog‘i ikkinchisidan bir necha santimetrga kalta bo‘lib qolgan. Gospitalda bo‘lajak razvedkachi so‘l sotsialistlar bilan til topishgan, Marks ta’limotini o‘rgangan.

    Urushdan qaytgach, vanihoyat o‘rta ma’lumotni olgan, 1919-yilning avgustida Gamburg universitetining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan. Shu bilan birga uning jurnalistik va inqilobiy faoliyati boshlangan. 1918-yilning noyabrida Kildagi matroslar isyonida qatnashgan, 1919-yilda Germaniya Kommunistik partiyasida chiqish qilgan.

    1920-yillar boshida Zorge partiya gazetasi muharriri va Frankfurt institutida ijtimoiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy xodim bo‘lgan. Kommunistik partiya faoliyati taqiqlangach, Zorge 1925-yilda Moskvaga ko‘chib o‘tib, sovet fuqaroligini oladi va “Kommunstik internatsional” tashkiloti apparatida ish boshlaydi. 1929-yilda u razvedka tomonidan og‘dirib olingan va avvaliga G‘arb davlatlariga, keyin Xitoy va oxir-oqibat 1933-yilda Yaponiyaga nufuzli nemis gazetalari muxbiri sifatida yuborilgan.

    Foto: “TASS”
    Shu bilan birga, Zorge Germaniyada foydali tanishlar orttirgan, Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasiga a’zo bo‘lgan va nemis razvedkasiga Yaponiya harbiy sanoatiga oid ma’lumotlarni berib kelgan. 1938-yilda Zorge Germaniya elchixonasi huzurida matbuot kotib lavozimiga ko‘tarilib, maxfiy ma’lumotlardan foydalanish va harbiy attashe bilan do‘stlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinroq Germaniyaning Yaponiyadagi elchisi Oygen Otto bilan qadrdon bo‘lib ketgan.

    Zorge hibsga olinganidan keyin Oygen Otto uning aybdorligiga ishonmay, o‘z rahbariyatini ham uning aybsizligiga ishontirmoqchi bo‘lgan. Ammo yapon razvedkasining dalillari aniq edi, hujjatlar bilan tanishgan Gitler yapon hukumatidan xoinning topshirilishini shaxsan so‘ragan.

    “Germaniyaning Yaponiyadagi elchixonasiga muvaffaqiyatli kirib borib, odamlarning mutlaq ishonchiga ega bo‘lishim, ushbu mamlakatdagi asosiy ishim edi. Hatto Moskva ham elchixonada ishlab, undan josuslik maqsadlarida foydalanganim to‘g‘risidagi faktni favqulodda hayrat bilan qabul qilgan, chunki tarixda bunaqasi bo‘lmagandi”, — degan Zorge tergovda.

    Pokiston tarixidagi eng yirik terakt — Bxuttoga uyushtirilgan suiqasd

    Bundan 15 yil oldin 18-oktabr kuni Pokiston tarixidagi eng yirik terakt sodir etilgandi. Benazir Bxuttoning korteji portlatib yuborilishi oqibatida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Pokiston sobiq bosh vaziri Bxuttoning korteji u surgundan Karachiga qaytib, birinchi bayonotini berganidan bir necha soat o‘tib amalga oshirilgan. Sodir bo‘lgan mudhish voqeada Buxtonning turmush o‘rtog‘i Pokiston maxsus xizmatlarini ayblagan bo‘lsa, sobiq bosh vazirning o‘zi ekstrimistlarni ayblagan. Musulmon davlat hisoblanuvchi Pokistonda ro‘mol o‘rniga beysbolkani kiyib, qaytib kelgan ayol ularga yoqmagan edi.
    Foto: The Chimes
    Bxutto teraktda sobiq harbiy dictator Ziyo ul-Haqning tarafdorlarini ayblagan: “Meni kim o‘ldirmoqchi ekanini aniq bilaman. Ular general Ziyo ul-Haq boshqaruvi davridagi nufuzli amaldorlar bo‘lib, hozirda ekstremist va fanatiklar ortida turibdi”. General Ziyo ul-Haq Muhammad — pokistonlik siyosiy arbob bo‘lib, 1977-yilgi harbiy to‘ntarish ortida turgan va Benazir Bxuttoning otasi bosh vazir Zulfiqor Bxuttoni ag‘darib, 1979-yilda uni osishga hukm qilgan. 1988-yilning 17-avgustida Ziyo ul-Haq aviahalokatda oqibatida halok bo‘lgan.

    O‘sha tunda sodir bo‘lgan teraktni Bxutto bilan hokimiyatni bo‘lish bo‘yicha muzokara o‘tkazayotgan, quvg‘inda bo‘lgan ayolning mamlakatga qaytishini ta’minlagan Pokiston prezidenti Parviz Musharraf qoralagan. Musharraf Bxuttoning asosiy siyosiy raqibi bo‘lgan — uning turmush ortog‘i jiddiy shubha uyg‘otgan. Dubayda yashagan Bxuttoning eri Asif Ali Zardoriy terakning uyushtirilishida mamlakatda razvedka xizmatlarini ayblagan.

    Foto: The Chimes
    Bxuttoning korteji yuz minglab tarafdorlari to‘plangan shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda Karachida ikkita kuchli portlash sodir bo‘lgan. Sobiq bosh vazir aeroportdan maxsus zirhlangan furgonda to‘g‘ri Pokiston asoschisi Muhammad Ali Jinnahning qabrini ziyorat qilgani ketayotgan bo‘lgan — bir kun oldin u birinchi navbatda “millat otasi”ga hurmat bajo keltirishini aytgandi. Ko‘chalarda odamlar juda ko‘p to‘plangani bois u o‘tirgan mashina juda sekin harakatlangan, shu sababli aeroportda “Pokiston otasi”ning qabrigacha bo‘lgan yo‘l bir necha soatga cho‘zilib ketgan.

    Benazir Bxutto Jinnahning qabriga yetib borishga baribir ulgurmagan. 10 soatdan beri yo‘lda harakatlanayotgan kortej manziliga bir soatlik masofa qolganida terakt uyushtirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar Benazir Bxutto avtomobilidan 5-7 metr uzoqlikda bir vaqtda sodir bo‘lgan. Xususan, ikkinchi portlash juda kuchli bo‘lganidan odamlarning jasadlari o‘nlab metr uzoqlikka uchib ketgan. Terakt ssenariysiga ko‘ra, uni hudkush-terrorchilar uyushtirgan.

    Qurbonlar soni soat sayin oshib borgan va kechga kelib ularning soni 145 nafarga yetgan, yana 600 ga yaqin odam jarohat olgan. Portlashlar natijasida hamrohlik qilgan ikkita politsiya mashinasi yo‘q qilingan, Bxuttoning avtomobilini old qismiga jiddiy shikast yetgan. Sobiq bosh vazirning o‘ziga deyarli hech narsa qilmagan. Teraktda keyin Bxutto voqea joyidan “Bilval Xaus” nomli oilaviy qarorgohiga evakuatsiya qilingan.

    Foto: The Chimes
    Pokiston hukumati teraktni kim sodir etgani haqida aniq biror guruhni aytmagan bo‘lsada, Islomobodning rasmiy versiyasiga ko‘ra, Bxuttoga “Tolibon” va “Al-Qoida”ga aloqador terrochilar hujum qilgan. Ushbu versiya haqiqatga ancha yaqin hisoblanadi, chunki Benazir Bxutto bir necha bor katta siyosatga qaytgach, AQSH ko‘magida islom terrorchilariga qarshi kurashishini ma’lum qilgandi. Shu bois u doim tahdidlarga uchrab kelgan.

    Bxutto 1953-yilda o‘ziga to‘q oilada dunyoga kelgan. U Pokiston siyosiy elitasi oraisda ulg‘aygan, Garvard va Oksforda o‘qigan. Otasi Zulfiqor Bxutto Pokiston Xalq partiyasiga asos slogan, hokimiyatdan ag‘darilgunga qadar — 1971-1977-yillarda president va bosh vazir lavozimlarida ishlagan.

    Otasining ag‘darilishi va qatl etilishi Bxuttoning 1979-yilda Pokiston siyosatiga kirib kelishiga sabab bo‘lgan. General Ziyo-ul-Haqning vafotidan uch oy o‘tib, Bxutto saylovlarda g‘alaba qozongan va hukumatni shakllantirgan — u musulmon davlatdagi birinchi bosh vazirga aylangan. Shuningdek, u 35 yoshida zamonaviy tarixda musulmon davlatda hokimiyat tepasiga kelgan eng yosh inson edi.

    U 1990-yilda hukumat rahbarligidan ketgan, oradan uch yil o‘tib yana shu lavozimga saylangan va 1996-yilgacha hukumatni boshqargan. Ikkala holatda ham u lavozimdan prezidentlar bilan kelisha olmagani sabab ketgan. Tanqidchilar uni korrupsiya va malakasizlikda ayblagan.

    Bxuttoning ikkinchi iste’fosidan keyin uning tumursh o‘rtog‘ini Zardoriyni ko‘p millionlik poralar olishda va Shveysariya banklari orqali “pul yuvishda” ayblashgan. Zardoriy 8 yil qamoqda o‘tirgan, Bxutto esa surgunda uch nafar bolasi bilan London va Dubayda yashashga majbur bo‘lgan.

    Foto: The Chimes
    2007-yilda Bxuttoning AQSHdagi taraforlari bosimi bilan prezident Parviz Musharraf Benazirni, Zardoriyni va korrupsiyada ayblangan yana bir nechta siyosatchini afv etgan. Birinchi suiqasd muvaffaqiyatsizlikka uchragach, 27-dekabr kuni Bxutto Ravalpindi shahridagi namoyishchilarga mitingda qo‘l silkitayotgan vaqtda jangari uning zirhli mashinasini o‘qqa tutgan. Keyin uning avtomobili yonida bomba portlagan. Oqibatida 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 100 ziyod inson, jumladan, Bxutto ham jarohat olgan. Kechga borib uning vafot etgani e’lon qilingan va ertasi kuni u otasining qabri yoniga dafn etilgan.

    Ozarbayjondan qaytayotgan desantchilar halokati

    1989-yilning 18-oktabr kuni sovet desantchilari Armaniston—Ozarbayjon mojarosi zonasidan Odessaga qaytishi kerak edi. Belgilangan vazifani bajargan harbiy xizmatchilar “Il-76” samolyotida baza tomon yo‘lga chiqqan. “Nososniy” aerodromidan ko‘tarilgan havo kemasi bortida 217-parashyut-desant polkining 8-rotasi chiqarilgan.

    Harbiylarning majburiyati turli obyektlarni qo‘riqlash, shuningdek, mahalliy hududlarni patrul qilish, “komendantlik soati”ni ta’minlash bo‘lgan. Bo‘linma shaxsiy tarkibi bir vaqtning o‘zida jangovar va siyosiy tayyorgarlik bilan shug‘ullangan texnikalarni ta’mirlagan.

    Mahalliy aholi harbiylarning qo‘l jangi mashg‘ulotlarini ko‘rishga va saf qo‘shiqlarini eshitishga kelib turgan. Rotatsiya boshlangach, bo‘linma marsh bilan Bokudan o‘z texnikasida chiqib ketgan. Ozargayjon SSR huduida konstitutsiyaviy tartibni joriy etish operatsiyasida ishtirok etgan 48 nafar askar, praporshik va ofitserlardan tashqari samolyotda to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi, desantchilarning ikkita jangovar mashinasi va “GAZ-66” yuk avtomobili bo‘lgan.

    Balandlikka ko‘tarilgach, mergan Aleksandr Andrishyan ichki aloqa orqali dvigatellerdan biri yonayotgani haqida xabar bergan. Reys parvozi 16 daqiqa davom etgan. Andrishyanning “Komandir, chap dvigatelimiz yonyapti!”, — degan gapidan samolyotning qulashigacha 11 daqiqa vaqt o‘tgan. Parvozdan 5 daqiqa o‘tib, 1,6 kilometr balandlikda 1-dvigatel yonib ketib, uning bo‘laklari yonilg‘i bakini teshib o‘tgan.

    Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha avariyaviy tizim ishga tushirilgan. Kema komandiri polkovnik Aleksandr Kalmikov bir zumda vaziyatga baho berib, aerodromga qaytish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Olovni o‘chirishning imkoni bo‘lmagan va keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mikroportlash nafaqat yonilg‘i shlanglarini uzib yuborgan, balki yong‘inni o‘chirish tizimining boshqaruviga ham zarar yetkazgan.

    Foto: “TASS”
    Olov samolyot qanotini butunlay egallab olgun vaqtda uchish-qo‘nish yo‘lagiga bir necha kilometr qolgan edi. Yong‘in oqibatida shikastlangan konstruksiya buzilishni boshlagan. “Il-76” qiyshayib, Kaspiy dengiziga qulagan.

    Komandir Kalmikov bortni tuproqli zaxira aerodromiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, ammo unga asosiyga qaytish bo‘yicha buyruq berishgan. Sodir bo‘lgan voqeadan keyin “Nasosniy”dan parvozlar to‘xtatilgan. Uning ortidan uchgan samolyot ham favqulodda holatda ortga qaytarilgan.

    Fyuzelyaj bo‘laklari qirg‘oqdan 1,5 kilometr uzoqdan ko‘rinib turgan, biroq ob-havoning yomonligi sabab qidiruv operatsiyalari yaxshi o‘tkazilmagan. Qutqaruv stansiyasi boshlig‘i Nozim Gashimovning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulagan joyda yuzaga kelgan yong‘in 50 metr balandlikka ko‘tarilib, atrofni yortgan.

    Samolyot halokatidan keyin o‘tkazilgan tergov davomida fojiaga dvigatel konstruksiyasidagi nuqson sabab bo‘lgani aniqlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Rossiya mudofaa vazirini tanqid qilgan jurnalistning portlatilishi, “qashshoqlikning do‘sti” Tereza ona va Betxovenning o‘limidan keyin yakunlangan simfoniyasi. Kun xronologiyasida 17-oktabr

    18.10.2022, 09:30   Izoh (1)   62744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5771954383@telegram.org / 18.10.2022, 10:31

      Assalom alaykum. Bu maqolada leksik xatolaringiz bor daryo muharriryati.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Qrimning Rossiya uchun muhimligini ta’kidlab, yadro urushi xavfidan ogohlantirdi

    18.10.2022, 00:19

    Yeyskda bombardimonchi samolyot ko‘p qavatli uy ustiga qulab tushdi (video)

    17.10.2022, 23:29

    Amerikalik olimlar o‘lim darajasi 80 foiz bo‘lgan kovid shtammini aniqladi

    17.10.2022, 22:14

    Belgoroddagi otishmada halok bo‘lganlar ro‘yxatida qayd etilgan 2 askar tirik bo‘lib chiqdi

    17.10.2022, 21:05

    Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Belgorod yaqinidagi teraktga o‘z fuqarolarining aloqadorligini tekshiradi

    17.10.2022, 19:05

    “O‘zingizni mehmondek tuting” — rossiyalik blogerning Qirg‘iziston haqidagi posti keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi

    17.10.2022, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.