Rossiya IrAero aviakompaniyasining Novosibirsk—Andijon—Novosibirsk yo‘nalishidagi parvozi texnik nosozlik tufayli kechiktirildi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda samolyotga Novosibirsk aeroportida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda. Parvoz Novosibirsk vaqti bilan soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan.
Andijon aeroporti parvozlar jadvali o‘zgarganligi ortidan reysni qabul qila olmasligi sababli, IAE7771 reysi Farg‘ona aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da yetib keladi. Farg‘ona aeroportidan qaytish reysi 18-oktabr kuni soat 18:45 ga belgilangan. Novosibirskka yetib kelish esa 21:15 da rejalashtirilgan.
IAE7772 reysi yo‘lovchilariga Andijon aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da yetib kelishlari haqida xabar tarqatiladi.
Shu munosabat bilan, Novosibirskga IAE7772 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun Andijon aeroportidan Farg‘ona aeroportiga transfer tashkil qilinadi.
Izoh (0)