Farg‘onada 18-oktabr kuni Howo yuk mashinasi uylardan biriga borib urildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 06:55 larda Farg‘ona viloyati FVBga “Furqat” MFY, Bahor ko‘chasi Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan Howo yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uylaridan biriga borib urilgani haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga qisqa vaqt ichida FVB qutqaruv guruhi yetib borib, haydovchini yuk avtomobilidan chiqarib olishda amaliy hamda zaruriy birinchi yordam ko‘rsatgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida uyga zarar yetgan. Viloyat FVB xabariga ko‘ra, tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki nafar fuqaro qutqarilgan.
Izoh (0)