Rossiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rasmiy vakili Ibrohim Kalin Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyni Turkiyada uchrashtirishning hozircha imkoni yo‘qligini ta’kidladi, deya xabar beradi “TASS”.
Kalinning aytichisha, Turkiya rahbarining muzokaralarni o‘z mamlakatida tashkil etish taklifi o‘z kuchida qolmoqda, ammo hozircha hech qanday muzokaradan umid yo‘q.
“Prezidentimizning taklifi hamon o‘z kuchida. Biroq uning fikricha, DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qarordan so‘ng, Putin bu muzokaraning istiqboliga salbiy qaraydi, Ukraina tomoni esa o‘z navbatida, Rossiyada prezident almashtirilib, anneksiya tugatilgachgina muloqotga qaytishini bildirdi”, — deydi Turkiya vakili
“Ukrainada tinch yo‘l bilan yechim topish uchun harakat qilayotgan yagona davlat Turkiyadir” — dedi Kalin mojaroning davom etishi haqidagi fikr bildirar ekan.
Izoh (0)