• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon hokimi va vazir mojarosiga sabab bo‘lgan farmkompaniya rahbari viloyat SSBga boshliq bo‘ldi. Jamoatchilik buni muhokama qilmoqda

    Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tadbirkor-farmatsevt Jur’atbek Quvvatov rahbar etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Ushbu tayinlovdan so‘ng “Davletovuz” masalaning boshqa tomoni bor ekani haqida post qoldirdi. Viloyat hokimligi, o‘z navbatida, vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.

    Foto: Andijon viloyati SSB

    Foto: Andijon viloyati SSB

    Telegram’dagi “Davletovuz” kanali asoschisi Qobil Xidirov, xususan, shunday yozgan.

    Bu yerda boshqa masala ham bor. “Makro Farm Andijan” MCHJga Andijon viloyati hokimining nazari tushgan. Har doim qo‘llab-quvvatlab keladi. Masalan, 2019-yilda majlis qilib, protokol chiqartiradi. Unga ko‘ra, viloyatdagi tibbiyot muassasalaridan pullar yig‘ib olinib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hisob raqamiga markazlashtirish hamda ushbu pul mablag‘lariga to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga muvofiq, shpris, infuzion sistema va tibbiy qo‘lqoplar sotib olish topshirilgan.

    Topshiriq asosida “Makro Farm Andijan” MCHJ bilan qonun talablariga zid ravishda tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida jami 6,3 mlrd so‘mlik muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan shpris va sistemalar sotib olingan.

    Andijon viloyatida 2018—2019-yillarda shpris, sistema va qo‘lqoplar bilan ta’minot darajasi zarur ehtiyojdan bir necha marotaba ortiqqa ta’minlangan, lekin shoshilinch yordam uchun kerakli bo‘lgan va boshqa dori vositalari ehtiyojga nisbatan bir necha marotaba kam xarid qilingan. Shu va boshqa masalalarni deb 2019-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh prokuraturaga murojaat qilgan, keyin Andijon viloyatining haqoratli so‘zlarga to‘la audiosi tarqalgan edi. O‘zi umuman, viloyat hokimining suyukli farmkompaniyalari karantin payti ham ancha maza qilishgan edi, — deydi u.

    Viloyat hokimligi esa vaziyat bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.
    Haqiqatan ham, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayinlangan rahbar J.Quvvatov tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirishda Andijonda o‘rnak bo‘ladigan ishlarni amalga oshirishda faol bo‘lgan. Bundan tashqari, Andijonda insulin, shpris va boshqa turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishlarini amalga oshirgan, shuningdek, ko‘plab chet ellik investorlarni jalb etgan.

    Shuningdek, Andijon viloyatida namuna bo‘la oladigan xususiy tibbiyot muassasalarni rivojlantirish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Shuni ta’kidlash joizki, tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha Andijon viloyatida eng ko‘p ishchi o‘rinlar yaratgan tadbirkor sifatida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining alohida rahmatnomasiga sazovor bo‘lgan.

    Maqolaga e’tibor qaratilganida, Andijonda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, arzon narxlarda taqdim etilgan dori-darmon, tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlari noto‘g‘ri talqin etilgan. Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarining tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi tajribasi tibbiyotni rivojlantirilishiga muhim ahamiyat kasb etishiga shubha yo‘q.

    Bundan tashqari, sohaga yangi rahbar sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan tayinlangani sir emas. Dunyoda ko‘plab sohalar kabi tibbiyot sohasida ham tajribali menejerlarning boshqaruvi o‘z samarasini bergani hammamizga ayon. Tibbiyot va farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shgan shaxsning tizimga rahbarlik lavozimiga tayinlanishi ham Andijon viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishda xizmat qiladi.

    Shu o‘rinda viloyat hokimi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi noto‘g‘ri talqin qilinmasligini so‘rab qolamiz, — deyiladi munosabatda.

    Ma’lumot o‘rnida, Jur’atbek Quvvatov 1986-yil Andijon shahrida tug‘ilgan, 2008-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan. Ish faoliyatini “Zamin baraka imkoni” mas’uliyati cheklangan jamiyati dorixona mudirligidan boshlagan. Turli yillarda dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi Andijon viloyati bo‘limi sertifikatlashtirish bo‘yicha eksperti, Andijon dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirib sho‘ba korxonasi direktori vazifalarida faoliyat olib borgan. 2018-yildan buyon “Andijonfarm erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    U viloyatdagi yirik farmatsevt tadbirkorlardan biri bo‘lib, ayni paytda “Makro farm academy” nodavlat ta’lim muassasasi, “Makro farm al-sansar” qo‘shma korxonasi, mevali daraxtlar, butalar va yong‘oqlarning boshqa turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan “Makro texnoagro biznes” fermer xo‘jaligi, tibbiy va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqaruvchi “Makro Farm Andijan” MCHJ ta’sischisi hisoblanadi. Bundan tashqari 2020-yildan buyon “Andijon” futbol klubiga ham egalik qilib kelmoqda.

    2020-yilning dekabr oyidan buyon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Salohiddin Yusupov salomatligi tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rniga boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish avval shu lavozimda ishlagan Qudrat Yarqulov tayinlangani haqida xabar berilgandi.

    18.10.2022, 23:58   Izoh (0)   35344
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi

    18.10.2022, 23:22

    O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi

    18.10.2022, 22:38

    O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qiladi

    18.10.2022, 22:24

    “Bu tadbirkorlar uchun ham, kasanachilar uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘ldi”. Mehnat vazirligi mas’uli kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya berilis...

    18.10.2022, 22:12

    “Daryo kundaligi”da 18-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    18.10.2022, 22:01

    Buxorodagi yoqilg‘i tarqatish shoxobchasida 550 mln so‘mdan ortiq yoqilg‘i mahsulotlari to‘lovlarsiz berib yuborildi

    18.10.2022, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.