Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarga tushgan tasvirlarda ba’zan tabiat go‘zalliklari o‘ziga xos uyg‘un tarzda namoyon bo‘ladi, deb xabar bermoqda Ekoqo‘mita axborot xizmati.
“Ushbu videotasvirda ham shu holatni ko‘rish mumkin, ya’ni xarsangtoshlar orasida oziq izlab yurgan jayralar tasviri yonida kaklikning sayrashi ham tiniq holda kameraga muhrlangan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.
Qayd etilishicha, jayra tabiiy majmualarda keng tarqalgan oddiy tur hisoblanadi. O‘simliklar ildizi, piyozlari va yosh kurtaklari bilan oziqlanadi. Daraxtlardagi mevalar pishganida, yerga to‘kilgan mevalarni xush ko‘rib yeydi.
Kuzatishlarga ko‘ra, jayra qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida ko‘proq uchrashi aniqlangan.
Izoh (0)