2022-yilning 17-oktabr kuni Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda 2022-yil 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan, TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Izoh (0)