Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning sentabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining avgust oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bir oyda olma, limon, nok, uzum kabi mevalar, qovun-tarvuz, sabzi, piyoz kabi sabzavot va poliz ekinlari narxlarida arzonlashish holati kuzatilgan. Shaftoli, banan, pomidor-bodring, kartoshka narxi esa oshgan:
- Olma – 4,6 foizga arzonlashgan;
- Limon – 8,0 foizga arzonlashgan;
- Nok – 3,2 foizga arzonlashgan;
- Shaftoli – 0,8 foizga oshgan;
- Uzum – 7,9 foizga arzonlashgan;
- Banan – 1,0 foizga oshgan;
- Tarvuz – 1,7 foizga arzonlashgan;
- Qovun – 2,2 foizga arzonlashgan;
- Bodring – 17,4 foizga oshgan;
- Pomidor – 36,0 foizga oshgan;
- Sabzi – 1,0 foizga arzonlashgan;
- Kartoshka – 1,8 foizga oshgan;
- Piyoz – 7,2 foizga arzonlashgan.
Izoh (0)