Hukumat qarori bilan “Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatlar, huquqbuzarliklar, gumondorlar, qidiruvdagi shaxslar, avariyalar, yong‘in, halokat va boshqa nojo‘ya hodisalar aniqlanganda qorovullik bo‘linmalari:
- darhol IIB organlariga xabar beradi;
- IIB va Milliy gvardiya xodimlari kelgunicha huquqbuzarlik va hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi;
- IIB va Milliy gvardiya xodimlariga hodisa to‘g‘risida axborot beradi;
- tabiiy va texnogen favqulodda holatlarni bartaraf etadi, odamlarni qutqaradi.
- “ushla” — bitta uzun signal;
- “yordamga” — ikkita qisqa signal.
Izoh (0)