Turk aktrisasi Hande Erchelning muxlislari uning milliarder Hakan Sabanji bilan 3 yillik sevgi munosabatlari yaqin orada nikoh bilan yakunlanishiga ishonishgan edi. Biroq Hande Erchel va Hakan Sabanji ajralishgani ma’lum bo‘ldi.
Mish-mishlarga sabab, Hande ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan sevgilisi bilan birgalikdagi barcha fotosuratlarni o‘chirib tashlagani bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, mahalliy OAV va mashhur jurnalist Birsen Altuntash bu ma’lumotni tasdiqlab, rasmiy ajrim hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, juftlik o‘rtasida jiddiy janjal yuz berganini qayd etdi. Qizig‘i shundaki, Hakan hanuzgcha Erchel bilan birgalikdagi fotosuratlarni o‘chirmagan va ular bir-birlariga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo‘lib qolishgan. Bu holat ayrim muxlislarda “yarashish ehtimoli bor” degan umid uyg‘otgan bo‘lsa, ko‘pchilikka ko‘ra munosabatlar allaqachon tugagan.
Ammo Hakanning onasi Arzu Sabanji bir necha soatdan so‘ng shunday post joyladiki, ko‘plab turdizi muxlislari buni Erchelga qaratilgan kinoya deb qabul qilishdi.
“Jaholat uyquga o‘xshaydi. Sizni uyg‘otgan odamga birinchi reaksiyangiz g‘azab bo‘ladi”, deya yozgan u.
Ko‘pchilik Arzu Sabanjining bu iqtibosi bilan o‘g‘liga bo‘lgan cheksiz ta’sirini yana bir bor tasdiqlayotganini ta’kidlashmoqda. Go‘yoki aynan u Erchel timsolida “uni uyg‘otib, jaholatdan ozod qilgan” emish.
Shu bilan birga, turk aktrisasining muxlislari aynan Handening o‘zi ajralish taklifini berganiga ishonch hosil qilgan. Ularning fikricha, Sabanji bilan turmush qurish uning karyerasining inqirozi bo‘lardi, shuning uchun Erchel yaxshilab o‘ylab ko‘rib, Hakan bilan xayrlashishga va muvaffaqiyatli karyera qurishga yanada ko‘proq e’tibor qaratishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hande va Hakanning sevgi munosabatlari 2022-yilda boshlangan edi. Hakan Turkiyaning ikkinchi yirik konglomerati hisoblangan Sabancı Holding asoschisi, milliarder Sakip Sabanjining nabirasi hisoblanadi. Turk ommaviy axborot vositalari Arzu Sabanjining aktrisaga nisbatan salbiy munosabatda ekanligini va uni oilasiga qabul qilishga tayyor emasligini tez-tez yozib turgan. Milliarderning onasi doimo jurnalistlarning Hakan va Erchel munosabatlariga oid savollaridan qochib kelgan.
Izoh (0)