Talabgorlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyatiga ham qiziqish ortgani munosabati bilan doktoranturaga hujjat topshirish muddati 22-oktabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Tegishli qarorga muvofiq, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshirilgan. Arizalar Yagona elektron platforma — phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinmoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga kirish imtihoni javoblari e’lon qilindi
Izoh (0)