Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi yaylovida archa daraxtlari kesilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning ishonch telefoniga Boysun tumanining “Xo‘jaydod” MFYda yashovchi fuqaro Sh.S.ning qilgan murojaatiga asosan Surxondaryo viloyati Ekologiya va Milliy gvardiya boshqarmalari xodimlari tomonidan aytilgan manzilda o‘rganish olib borilgan.
O‘rganish davomida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligining Olachapon o‘rmon bo‘limiga qarashli 2-aylanma 7-kvartaldan yaylov sifatida foydalanib kelayotgan ijarachi I.Sh. bog‘ni o‘rash maqsadida shu hududda mavjud bo‘lgan, o‘suvchanligini yo‘qotmagan har xil diametrdagi 14 tup Zarafshon archalar tag qismidan kesilgani aniqlangan.
Hudud o‘rmon qorovuli O.N.ga va ijarachi I.Sh.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan ma’muriy jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 13 million 500 ming so‘m zarar belgilangan.
Izoh (0)