Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat test markazi tomonidan 3-7-oktabr kunlari 2022/2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazilgandi. Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 15-oktabr kuni mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin. Shuningdek, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Bunda apellyatsiya shikoyati qabul qilingani to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi. Shikoyatni bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyatlar ikki ish kunida apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi