Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida jarima maydonchasiga joylashtirilgan Nexia-2 haydovchisi maydon darvozasini buzib, mashinasini olib qochgani xabar qilingandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 13-oktabr kuni Nexia-2 avtomashina haydovchisi inspektorning to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uchun Qarshi shahar “Mustaqillik” mahallasida joylashgan MCHJga qarashli vaqtincha saqlash maydonchasiga olib kelingach, haydovchisi avtomashinasini o‘zboshimchalik bilan haydab vaqtincha saqlash maydonchasidan chiqib ketgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzar haydovchi I.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy to‘xtamga kelish uchun JIB Qarshi shahar sudiga yuborilgan.
Avtomashina belgilangan tartibda vaqtincha saqlash maydonchasiga qo‘yilgan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh (0)