Yangi turar joylar narxi iyul oyida 2,8 foizga, avgustda 0,1 foizga, sentabrda esa 2,5 foizga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Sentabr oyida Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida narxlar oshdi. Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlarida esa narxlarning biroz pasayishi kuzatildi.
III chorakdagi birlamchi ko‘chmas mulk bozori narxlari (1 kvadrat metr / ming so‘m):
Umuman olganda, bozorda narxlarning o‘suvchi dinamikasi saqlanib qolmoqda.
Davlat tomonidan aholining barcha qatlamlarini uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida ko‘chmas mulkning birlamchi va ikkilamchi sektori uchun bir qator qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.
Ushbu choralar uy-joy xarid qilish va sotishda bir qancha qulayliklar yaratib, vaziyatni “yumshatish” va shakllanib borayotgan nisbatan yuqori talabni qondirishga imkon beradi.
Avvalroq oxirgi oylarda O‘zbekistondagi uylarning ijara haqi qanday o‘zgargani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)