Yil boshidan buyon O‘zbekistondagi bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar hajmi tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,3 foizga oshdi.
Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Andijon (61,2 foiz), Sirdaryo (48 foiz), Jizzax (45,8 foiz), Xorazm (48,6 foiz) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston (56,9 foiz) va Toshkent shahrida (46,5 foiz) kuzatildi.
Tahlilga ko‘ra, bojxona to‘lovlaridan olinadigan daromadning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar 2022-yil yanvar—avgust oylarida import hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 20 foizga oshishi bo‘ldi.
Avvalroq boj stavkasi pasaytirilgach, yengil avtomobillar importi keskin oshgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)