Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hududiga avtomobillar olib kirish uchun boj narxlari pasayishi import hajmi ortishiga olib keldi. Bu haqda 27-sentabr kuni Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Farhod Olimjonov

Farhod Olimjonov
Foto: “Daryo”

Anjumanda Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov boj stavkasi pasaytirilishi kutilayotgan boshqa tovarlar haqida ham gapirdi.

“Shu yilning o‘zida transport vositalarining bojxona to‘lovlarini 2 karra qisqartirilishiga erishildi. Buning natijasida yengil transport vositalarining importi keskin oshishi kuzatildi. Biz nafaqat transport vositalari, balki barcha bojxona bojlari yuqori belgilangan tovarlar bo‘yicha o‘z takliflarimizni berganmiz. Lekin bojxona idjrochi organ hisoblanadi. Biz belgilangan stavkada boj undiramiz. Imtiyoz berilsa, imtiyoz qo‘llaymiz. Ya’ni biz faqatgina taklif bildira olamiz.

Hukumatga va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga bir qator takliflar berganmiz. Yaqin kunlarda vazirlik kengashi yig‘ilishida qo‘shimcha tarif stavkalarini pasaytirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi kutilmoqda. Transport vositalari bo‘yicha tariflar masalasi ham ko‘rib chiqiladimi yo‘qmi xabardor emasmiz. Ammo kiyim-kechak, hozirda dolzarb bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari tariflarini pasaytirish bo‘yicha yangiliklar bo‘ladi”, – dedi mutaxassis.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 21-fevralda “Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi. Kiritilgan o‘zgartirishlarda avtomobillarni olib kirishdagi bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytirilishi belgilangan. Hujjat imzolangan paytdan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga pasaytiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi