2022-yil 9 oyi davomida o‘zga yurtlarda og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qilidi.
Uning qayd etishicha, bu vaqt davomida Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarga 27 mingdan ortiq fuqaro manzilli ishlarga jo‘natilgan.
Jami 206 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Xususan, 183 mingdan ortig‘iga — maslahat xizmati, 6 063 nafariga — huquqiy, 15 mingdan ortig‘iga — ijtimoiy, 2 595 nafariga — moddiy yordam, shundan: 1009 nafariga BHMning ikki baravaridan, jami 50 255 AQSH dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 198 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.
Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan o‘zbekistonliklarning ish beruvchilaridan 834 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqlari undirib berilgan.
Izoh (0)