Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kolbasa va pomidor qo‘shib tayyorlanadigan yegulik to‘yimli va mazali. Unga xohishingizga qarab boshqa sabzavotlar va mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kolbasa yoki sosiska — 400-500 gr
  • pishloq — 200-300 g
  • pomidor — 2-3 dona
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
  • katta hajmli, yupqa lavash xamiri — 1 dona
  • mayonez yoki smetana — ta’bga ko‘ra
  • tuxum — 1 dona
Tayyorlanishi:
  1. Kolbasa va bodringni (agar ulardan foydalansangiz) bo‘laklarga bo‘ling. Pishloqni ham mayda qilib to‘g‘rang. Pomidorning urug‘lari va mag‘zini olib tashlang, qattiq qismlarni maydalang. Ko‘katlarni ham mayda qilib to‘grab oling.
  2. Lavash xamiriga mayonez yoki smetana surting. Unga barcha tayyorlangan mahsulotlarni soling va burchaklariga e’tibor bermang.
  3. Mahsulotlarni lavash xamirining yon tomoniga soling. Lavash xamirini uzun tomondan boshlab o‘rang.
  4. Lavashni pishiriq varag‘i qoplangan listga qo‘ying. Ustiga tuxum aralashmasini surting.
  5. Yegulikni pechda taxminan 15 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Xamirning yuqori qismi qizarishi kerak.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Iqtisodiyot
Asosiy stavkaning pasaytirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?