Qiyma va karamdan mazali pirog tayyorlaymiz
Bu pirogning xamirini tayyorlash juda oson. Smetana bilan qolgan mahsulotlarni aralashtiring, bu esa uning yanada mazali bo‘lishini ta’minlaydi. Pirogning ustiga kunjut ham sepishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
- oq karam — 250 g
- piyoz — 1 dona
- sabzi — 1 dona
- o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq va yana yog‘lash uchun
- qiyma — 350 g
- tuz — ta’bga ko‘ra
- murch — ta’bga ko‘ra
- tuxum — 3 dona
- smetana — 200 g
- un — 150 g
- pishiriq kukuni — 1 qoshiq
- Karam va piyozni maydalang. Sabzini katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
- O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda tovada idishda qizdiring. Piyozni solib 5 daqiqa davomida qovuring. Sabzini ham soling va yana shuncha vaqt qovurib oling.
- Qiyma qo‘shing va 6-8 daqiqadan so‘ng karamni soling. Yana 5-10 daqiqa davomida hamma narsani birga qovuring. Unga tuz, murchni qo‘shib, olovning tagini o‘chiring va ozgina sovutib oling.
- Tuxumni yarim qoshiq tuz va smetana bilan ko‘pirtiring. Elakdan o‘tkazilgan unga pishirish kukunini qo‘shing va bo‘laklar qolmasligi uchun yaxshilab aralashtiring.
- Xamirning yarmini moylangan qolipga quying. Ustiga mahsulotlarni qoling va bir tekisda qatlamni yoyib, qolgan xamirni ham ustidan soling. Xohlasangiz, kunjut urug‘ini seping.
- Pirogni taxminan 40-45 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring.
Mavzuga doir:
- Tovuq go‘shti, yashil no‘xat va qaymoqli sousdan makaronli taom tayyorlaymiz.
- Baqlajon va pomidordan mazali salat tayyorlaymiz.
- Besh daqiqada tayyor bo‘ladigan pishloqli xachapuri
- Baqlajondan nima tayyorlash mumkin: Uy bekalari uchun 5 xil noodatiy retsept
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar