• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR televideniyesi orqali xalqni aldagan Kashpirovskiy, Italiyada minglab odamlar umriga zomin bo‘lgan to‘g‘on va tinchlik bo‘yicha “Nobel” olib, Liviyada urush boshlagan Obama. Kun xronologiyasida 9-oktabr

    9-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan inqilobchi butun SSSR televideniyesi orqali xalqni aldagan Kashpirovskiy, Italiyada quruvchilar xatosi tufayli minglab insonlar umriga zomin bo‘lgan to‘g‘on hamda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini olib, Liviyada urush boshlagan Obamaga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Toza qalloblik”: Kashpirovskiy odamlarni qanday “davolagan” edi?

    Bundan 33 yil oldin 9-oktabr kuni sovet televideniyesida Anatoliy Kashpirovskiyning birinchi ko‘rsatuvi namoyish etilgandi. Butun mamlakatga tanilgan erkak tomoshabinlarga nimani va’da qilgan taqdiri qanday kechgan edi? Bu haqda quyida bayon etamiz.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Anatoliy Kashpirovskiy 1939-yilning 11-avgust kuni Ukraina SSR hududida tug‘ilgan. Vinnitsa tibbiyot institutini tamomlab, 25 yil psixiatr bo‘lib ishlagan. Shundan keyin og‘ir atletika bo‘yicha SSSR terma jamoasi psixoterapevtiga, Kiyevdagi Xalqaro psixoterapiya markazi rahbariga aylangan.

    1989-yilning 27-iyul kuni Kashpirovskiy Ostankinodagi konsert studiyasida birinchi chiqishini amalga oshirgan. So‘ng bir yil davomida Markaziy televideniyeda “Shifokor-psixoterapevt Anatoliy Kashpirovskiyning salomatlik seanslari” nomi ostida oltita ko‘rsatuv efirga ketgan. U mazkur efirlar orqali 10 millionga yaqin odam turli kasalliklardan davolanganini aytgan.

    Ko‘rsatuv birinchi marta 1989-yilning 9-oktabridagi ertalabki efirga ketgan. Kashpirovskiy “davolash” seansini studiyaga to‘plangan bir necha yuz odam qarshisida o‘tkazgan. Keyin esa ko‘rsatuv haftada ikki marta har yakshanba kunlari efirga keta boshlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Kashpirovskiyning o‘zi seansni “o‘ziga xos psixoterapevtik ta’sir akti” deb atagan va “shifobaxsh ta’sir” “muloqotning birinchi soniyasidan boshlab” amalga oshishini ta’kidlagan. Shuningdek, u tomoshabinlarni yuzma-yuz seanslarda bemorlarni sklerodermiya, chov churrasidan, Ostankinodagi uchrashuvdan keyin esa ko‘krak saratonini davolaganiga va operatsiyadan keyingi chandiqlar so‘rilib ketganiga ishontirgan.

    Kashpirovskiyning seanslar SSSRda katta mashhurlikka erishgan. U organizmda kasallikni davolaydigan og‘riqdan xalos etadigan tizimni ishga tushirishini aytib kelgan.

    “Mening vaqtimda, katta siyosiylashuv va g‘azab davrida Anatoliy Kashpirovskiy, Allan Chumakning tasalli berishga qaratilgan bir qator dasturlarini boshlaganmiz. Ammo tez orada aynan Kashpirovskiydan voz kechishga to‘g‘ri kelgan, chunki uning firibgarligi ayon bo‘lib qolgandi”, — deya eslaydi SSSR Televideniye va radio uzatish qo‘mitasi raisi Mixail Nenashev.

    Teleko‘rsatuvlardan keyin Kashpirovskiy butun mamlakat bo‘ylab safarlarga chiqib, “sog‘lomlashtiruvchi” seanslarni o‘tkazgan. U Polsha va Vyetnamda mashhurlikka erishgan, hatto BMTda chiqish qilib, radioaktiv nurlanish hamda OITS oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan.

    Kashpirovskiyning asosiy raqibi Allan Chumak edi. Tabiblar bir-birini yomon ko‘rgan. Kashpirovskiy Chumakni “bilimsiz” va “firibgar” deb hisoblagan. “Chumak hech qanaqa tabib emas. Men uni bilimim bilan yaratdim. Televideniye esa undan biznes qildi”, — degan u.

    “Hech qanday kelishmovchilik yo‘q. Uning o‘z hayoti bor, mening — o‘zimniki. Bir necha bor uchrashganmiz. Gaplashganmiz, bo‘ldi. Biz diametral bir-birimizdan farq qilamiz, u bilan nimani muhokama qilaman? U gipnoz yordamida ishlaydi, bu zo‘ravonlik bo‘lib, men uni ma’qullamayman”, — degan Chumak Kashpirovskiy haqida.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1993-yilda Kashpirovskiy RLDP nomidan Rossiya Davlat dumasiga deputat sifatida saylangan, ammo tez orada AQSHga ko‘chib, Jirinovskiyni irqchilik, urush propagandasida ayblagan va fraksiyadan chiqqan.

    1995-yilda u Budyonnovskdagi terakt vaqtida federal kuchlar hamda Shamil Basayev boshchiligidagi terrorchilar o‘rtasida muzokara o‘tkazishga uringan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Kashpirovskiy avvaliga ularning barchasini uxlatish yoki gipnozlashni va’da qilgandi, ammo qonlarni, asirlarni, palatada behol, qo‘rqqan 20-30 odamni ko‘rganidan keyin mazasi qochgan edi. Uni tom ma’noda qo‘lda ko‘tarib olib chiqishgan”, — deb yozgandi sobiq prokuror Sergey Gamayunov.

    Qurilishdagi xatolik sabab minglab insonlar umriga zomin bo‘lgan fojia

    1963-yilning 8-oktabr kuni Italiyadagi Vayont to‘g‘onida falokat sodir bo‘lgandi. GES suv omboriga ko‘chki kelib tushishi oqibatida 90 metr balandlikdagi to‘lqin hosil bo‘lib, Longarone shahri suv ostida qolgan va oqibatda 3 mingga yaqin odam halok bo‘lgandi.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Vayont to‘g‘onidagi fojia — ko‘plab mayda omillar, insonlarning oddiy xatolari va xasislik birlashib, xavfli yakun yuzaga keltirishi mumkinligining yorqin misolidir. Vayont to‘g‘onidagi avariyani shartli ravishda ikki toifaga bo‘lsa bo‘ladi: haqiqiy “texnik” va “inson omili”ga. Barchasi to‘g‘onni qurish uchun to‘g‘ri joy tanlanmaganidan boshlangan, keyin esa bu yerning geologik beqarorligi ma’lum bo‘lgan (hududda kuchsiz zilzila va ko‘chkilar kuzatib turilgan). Ammo to‘g‘onni qurgan kompaniya barchasiga ko‘z yumib, ishlashda davom etgan.

    1963-yilning yoz fasli yomg‘irli kelgan, kuzga borib esa hech kim kutmagan oqibat — ko‘chki sodir bo‘lgan. Oddiy ko‘chki emas, balki suvga Monte Tok tog‘ining bir qismi ko‘chib tushib, suv ombori kosasini to‘ldirib yuborgan va suv to‘g‘ondan otilib chiqqan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tog‘ning sirpanchiq qatlami bilan uning tagida joylashgan qoyalar o‘rtasida yupqa loy qatlami bo‘lib, kuchli yomg‘ir tufayli silliqlangan va millionlab tonna jinslarni ushlab turish qobiliyatini yo‘qotgan. Natijada tog‘ning butun bir qatlami soat mexanizmi kabi suvga sirg‘alib ketgan.

    Shunday ekan fojianing bevosita sababi — dahshatli ko‘chki, uning paydo bo‘lishiga hududning geologik xususiyatlari va kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan.

    To‘g‘onni qurish ishlari 1957-yilda boshlangan, 1959-yilda ilk ko‘chkilar qayd etilgan. O‘shanda ular qurilish boshlanishidan oldin ham bu joyda yirik gidrotexnika inshootini qurish maqsadga muvofiqligiga shubha bildirgan geologlarning qo‘rquvini eslagan, ammo ish davom ettirilgan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Ko‘chkilar va yer silkinishlari keyingi barcha yillarda kuzatilgan, qurilishning tugashi (1959-yilda) va suv omborini suv bilan to‘ldirishning boshlanishi (1960-yildan) bilan vaziyat yanada yomonlashgan. To‘g‘onni qurgan SADE kompaniyasi muhandislari muammoli hududlarni bir necha bor o‘rgangan va 1962-yilda yaqin kelajakda halokat sodir bo‘ladi, degan xulosaga kelgan. Biroq yuqori rahbariyat muhandislarning so‘zlariga e’tibor bermagan.

    1963-yilning 15-sentabr kuni Tok tog‘i qoyasining birinchi jiddiy siljishi sodir bo‘lgan. Oktabr boshlarida nishablik bir metrga siljigan va o‘shanda 250 metrdan baland bo‘lgan suv sathini pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Xatar mavjudligiga qaramay, yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi bundan ogohlantirilmagan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    1963-yilning 9-oktabr kuni soat 22:35 da Monte Tok tog‘ining uzunligi 2 kilometr, eni qariyb 1 kilometr keladigan qoyasi suv omborining kosasiga ko‘chib tushadi. Hajmi 260 million kub metrga yetadigan tog‘ jinslari 45 soniyada suvga g‘arq bo‘lib, suv omborini 170 metrdan ortiqqa to‘ldirib yuborgan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Oqibatda suv sanoqli soniyalarda to‘g‘on darajasidan 250 metrga ko‘tarilgan va balandligi 90 metr keladigan to‘lqin hosil qilib, daraga oqqan. Bu oddiy to‘lqin emas, balki cheklangan makonda hosil bo‘ladigan alohida to‘lqin — seysha edi. Dahshatli to‘lqin soniyasiga 12 metr tezlikda harakatlanib, yo‘lida uchragan narsani vayron qilgan, hatto daraga kirishda balandligi 20 metrga qadar pasaygani ham vodiyda joylashgan qishloq aholisini halokatdan qutqarib qola olmagan.

    Yetti daqiqa ichida suv Pyavke daryosi bo‘yidagi beshta qishloqni yakson qilgan, shuningdek, bir nechta aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazgan. Loy, tosh va suv oqimidan 1,9 mingdan 2,5 ming nafargacha inson halok bo‘lgan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Halokatning noodatiy xususiyati sabab to‘g‘onga deyarli zarar yetmagan (suv uning yuqori bir metrini yuvib ketgan) hozirda ham u o‘z joyida turibdi, biroq foydalanilmaydi. 2002-yildan boshlab to‘g‘onga turistlarni kiritish boshlangan.

    Foto: “Realt.onliner.by”

    Foto: “Realt.onliner.by”

    “Olijanob bombardimonlar”. Tinchlik bo‘yicha Nobel olib, urush boshlagan Obama

    Bundan 13 yil oldin 9-oktabr kuni Barak Obama tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan, bir necha yildan keyin esa Nobel qo‘mitasi rahbari bu ishdan afsusda ekanini bildirgan edi. Nima sababdan AQSHning sobiq prezidenti tinchlikni ta’minlay olmagandi?

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    2009-yilning 9-oktabr kuni AQSHning sobiq prezidenti, o‘sha vaqtda Oq uyga kelganiga bir yil ham to‘lmagan Barak Obama tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgandi. Qo‘mita qarorida Obama mukofotni “kelajakdagi ishlari” uchun emas, balki shu yildagi xizmatlariga olgani aytilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik bu Amerika yetakchisi uchun “avans” deb hisoblagan.

    “Obama prezident sifatida xalqaro siyosatda yangi iqlimni yaratdi. Ko‘p tomonlama diplomatiya BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vazifasi bo‘lgan yana markaziy o‘rinni egalladi… Obamaning tashabbusi bilan AQSH hozirda dunyo oldida turgan asosiy iqlim muammolarini hal qilishda yanada konstruktiv rol o‘ynamoqda”, — degan edi Nobel qo‘mitasi o‘z bayonotida.

    Obamaning o‘zi nomzodi ilgari surilganidan “hayratga tushganini”, biroq mukofotni mamnuniyat bilan qabul qilishini aytgandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Taqdir hazili bilan oradan ikki yil o‘tgach, AQSH Fransiya va Italiya bilan birgalikda Liviyaga bostirib kirishda ishtirok etgan, bu esa ekspertlarga tinchlik uchun Nobel mukofotining tanazzulga uchrashi haqida gapirishga asos bergandi. 2015-yilda Nobel qo‘mitasi rahbari Geyr Lundestad Obama mukofotga loyiq ko‘rilganidan afsusda ekanini ma’lum qilgan edi.

    Ammo 2009-yilda qo‘mita Obamaga rostdan ham katta umid bildirgandi. AQSH tarixidagi birinchi qora tanli prezident Iroqda urush boshlagan, shuningdek, Amerika harbiylari kuchidan xorijda ko‘p foydalangan respublikachi kichik Jorj Bushning sakkiz yillik boshqaruvidan keyin hokimiyatga kelgan.

    Rossiya—Amerika munosabatlarini yaxshilash uchun Obama administratsiyasi Moskva bilan siyosatini “qayta boshlagan. “Obama administratsiyasi bilan Oq uyga kelganimda bizga ‘qayta boshlash’ nomli aniq strategiyamiz bor edi. Biz Rossiya bilan munosabatlarda o‘zimiz xohlagan tashqi siyosat maqsadlarini belgilab oldik. Biz qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha yangi bitim, Eronga qarshi yangi sanksiyalar, Afg‘onistonga yuklarni yetkazib berishni oshirish kerakligini ma’lum qildik. Bularning barchasi uchun esa Rossiya bilan hamkorlik kerak edi”, — degandi AQSHning Rossiyadagi elchisi Maykl Makfol.

    Bu vaqtda o‘zidan oldingi siyosatchini ko‘p bora tanqid qilgan Obama rostdan ham Moskva bilan dialogni yaxshilashga uringan. 2010-yilda qabul qilingan Milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya BRICS’ning boshqa a’zolari kabi dunyodagi “asosiy ta’sir doiraga ega” davlat sifatida qayd etilgan. AQSH va Rossiya Afg‘oniston borasidagi munosabatlarini yaxshilagan, “SNB-2” bitimi imzolangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    O‘z navbatida AQSH Rossiyaning Jahon savdo tashkilotiga qabul qilishiga yordam ko‘rsatgan, Yevropada Raketaga qarshi mudofaa tizimini o‘rnatish rejalariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan, shuningdek, sobiq sovet hududlarida NATOni kengaytirish borasidagi rejalarini tinmay targ‘ib qilish to‘xtatilgan.

    Ammo AQSHning Liviyaga bostirib kirishi Moskva va Vashington munosabatlarni keskin yomonlashishiga olib kelgan. AQSHda Obamaning “tinchlik mukofoti”ni olgan achchiq hazil bilan eslangan. NPR radiostansiyasi o‘z izohida AQSHning Liviyaga zarbalarini “olijanoblik” deb atagan. Inglizchada olijanob so‘zi “nobel” kabi eshitiladi, bu esa mukofot nomlangan Alfred Nobel familiyasiga qofiyadoshdir.

    “Tinchlikni ta’minlash uchun bombalardan foydalanish”, — degandi radiostansiya o‘sha vaqtdagi prezidentning strategiyasini.

    Keyinchalik Obamaning o‘zi Liviyadagi operatsiyani prezidentligi davridagi “eng katta xato” deb atagan. “Odamlar bu juda oson deb o‘ylagandi: Liviyada 6 million odam bor, u kuniga 1,2 million barrel neft chiqaradi, bu yerda nimadir xato. Ammo boshliqlarimdan biri bu haqda menga aytganida, shunday javob qaytargandim: ikki yoshli bolani olib boshqaruvchi yo‘qligida millionlab dollarlik trastni boshqarishga o‘tirg‘izib qo‘yishdi, degandim”, — deydi AQSHning Liviya va Kuvaytdagi sobiq elchisi Debora Jons.

    AQSHning Afrika shimolidagi harbiy harakatlari turli davlatlardagi siyosatchi va jamoat arboblari tomonidan AQSH prezidentini Nobel mukofotidan mahrum etish zarurligi haqida gapirishni boshlashiga sabab bo‘lgan. Rossiyada bu haqda RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy gapirgandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Oxir-oqibat Obama prezidentlik davrining oxirgi muddatlarida, 2013-yili qo‘lga kiritgan mukofotini “oqlashga” muvaffaq bo‘lgan. Gap Suriya hududidan kimyoviy qurollar zaxirasini olib chiqib ketish tashabbusi haqida ketmoqda.

    Ta’kidlash kerakki, AQSH prezidenti Donald Tramp Obamaga ko‘p bor Nobelini eslatib kelgan. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u mukofot “adolat bo‘yicha berilganida” u ko‘plab yutuqlari uchun uni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. “Uning o‘zi nima sababdan olganini tushunmagan. Va yana bir narsa — men faqat shu masalada u bilan hamfikrman”, — degan edi Tramp.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Inqilobchi Che Geveraning qatl etilishi, Kremlni ta’mirlashda o‘marilgan millionlab dollar bo‘yicha “Mabetex ishi” va yaponlar tomonidan o‘ldirilgan Koreya qirolichasi. Kun xronologiyasida 8-oktabr

    09.10.2022, 09:30   Izoh (0)   58072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV Moskvada harbiylarni hibsga olish boshlangani haqida yozmoqda

    08.10.2022, 19:42

    Rossiyaning Ukrainadagi qo‘shinlariga yangi rahbar tayinlandi

    08.10.2022, 18:29

    Saudiya Arabistoni Baydenning benzin narxini oshirish haqidagi ayblovlarini rad etdi

    08.10.2022, 17:01

    G‘arb ekspertlari Ukrainadagi urush yil oxirigacha Kiyev foydasiga yakunlanishini taxmin qilmoqda

    08.10.2022, 16:37

    Peterburgda muhojirlar o‘rtasida janjal yuz berdi, O‘zbekiston fuqarosi boshidan o‘q yedi

    08.10.2022, 15:52

    OAV: Qrim ko‘prigidagi portlash Ukraina xavfsizlik xizmati operatsiyasi bo‘lgan

    08.10.2022, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.