Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiylarga qarshi qaratilgan harakatlar boshlandi, deb xabar bermoqda Ukraina Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi.
Aytilishicha, markazda transport harakati cheklangan. Dzerjinskiy nomidagi tezkor bo‘linma xodimlari shaharga kirgani xabar qilinmoqda. Ular politsiya bo‘linmalari bilan birgalikda markazga yetib boradi.
Moskva bo‘ylab barcha harbiy qismlar shay holatga keltirilgan.
Shu bilan birga, Rossiya matbuotida Dmitriy Peskovning Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat yo‘llashi yaqin orada rejalashtirilmagani haqidagi bayonoti paydo bo‘ldi.
Izoh (2)
Sal maniliroq qilib tshunarli qilib malumot qoyilar
Бу Украинанинг Яна бир бор одамлар орасида шов- шув кутариш уйини