Rossiya Mudofaa vaziri qarori bilan armiya generali Sergey Surovikin Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilayotgan hududda mavjud qo‘shinlar (kuchlar) birlashgan guruhi qo‘mondoni etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida e’lon qilindi.
U 2017-yildan beri Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi. Tojikistondagi qurolli mojarolarda, Ikkinchi chechen urushida va Suriyadagi harbiy amaliyotda qatnashgan. Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtiroki uchun Rossiya Qahramoni unvonini olgan.
Surovikin haqida nimalar ma’lum?
1966-yil 11-oktabrda Rossiyaning Novosibirsk hududida tug‘ilgan. Harbiy xizmat uchun ordeni, Qizil Yulduz, Jasorat ordenlariga loyiq ko‘rilgan.
1991-yil avgust oyida Sergey Surovikin Davlat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining buyrug‘i bilan “Moskvada konstitutsiyaviy tuzumni tiklashda” ishtirok etgan 2-Taman gvardiyasi batalyoniga qo‘mondonlik qilgan.
Izoh (0)