Belarus davlat nazorati qo‘mitasi prezident Aleksandr Lukashenkoning mamlakatda narxlarni oshirishni taqiqlash haqidagi buyrug‘idan so‘ng bir qator shunday qoidabuzarliklarni fosh qildi. Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxini oshirib yuborish bo‘yicha birinchi jinoiy ish ochildi, deb xabar bermoqda “Belarus-1” telekanali.
Qo‘mita xodimlari mamlakat shimoli-g‘arbida joylashgan Lida shahridagi do‘konlardan birida qoidabuzarliklarni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, u yerda kolbasa narxi mahsulot tannarxini oshirish taqiqlanganidan keyin ham oshgan. Yana bir jinoiy ish Mogilev viloyatida qo‘zg‘atilgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6-oktabrdan boshlab mamlakatda narxlarni oshirishni taqiqlashni buyurgan edi. Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov prezidentning ushbu qarori yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib, “menejerlar otib tashlangan taqdirda ham, omillar mavjud bo‘lsa”, narx oshaverishini aytgandi.
Shu bilan birga BusinessDrom tahliliy agentligi bosh direktori Pavel Samiyev, agar Lukashenkoning narxlarni oshirishga qo‘ygan taqiqi uzoqqa cho‘zilsa, Belarusda tovar taqchilligi va qora bozor paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Izoh (0)