Irlandiyaning Krislou qishlog‘idagi yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda Irlandiyaning The Irish Times nashri xabar bermoqda.
Politsiya halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar erkak, uch ayol, ikki o‘smir hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bo‘lgan bir qiz borligini aytdi.
Yana sakkiz kishi, jumladan, bolalar kasalxonaga yotqizildi, bir kishining ahvoli og‘ir.
Portlash shoxobchaning o‘zi va turar joy binosining bir qismini vayron qilgan. Politsiya bu voqea sabab hududda so‘nggi o‘n yil ichida eng ko‘p tinch aholi qurbon bo‘lganini aytdi.
Izoh (0)