Prezident tashrif buyurgan Sayxunoboddagi paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasidan fotoreportaj
Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasini borib ko‘rdi.
Ushbu klasterning to‘qimachilik korxonasida ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Germaniya texnologiyasi keltirib o‘rnatilib, 700 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxonaning yillik quvvati 7000 ming tonna bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida Xitoy, Turkiya va Bangladesh davlatlariga 2,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Shuningdek, klaster qoshida yiliga 30 ming tonna yog‘-moy tayyorlaydigan korxona ham mavjud. Unda 100 nafar aholi bandligi ta’minlangan.
“Daryo” muxbiri ushbu klasterdan fotoreportaj tayyorladi.
Izoh (0)