Ukraina Qurolli Kuchlarining yaqinda o‘tkazgan qarshi hujumi davomida ozod qilingan Xarkov viloyatining Peskiy-Radkovskiy qishlog‘idagi uylardan birida rossiyalik harbiylar tomonidan mahbuslarni qiynoqqa solish uchun jihozlangan yerto‘la topildi, deya xabar beradi Meduza Ukraina milliy politsiyasi ma’lumotlariga tayanib.
“Hozirda politsiya odamlarni yerga tiriklayin ko‘mib, yonayotgan latta bilan protivogazni qo‘llash tarzidagi qiynoqlar o‘tkazilganini aniqladi. Shuningdek, zindondan dildo, yirtilgan protezlari bo‘lgan quti, arqonli simlar va u yerda bo‘lgan erkaklardan birining so‘roq qilingani haqidagi yozuvlar topildi”, — dedi Xarkov viloyati politsiyasi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Bolvinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qiynoqqa solingan ukrainalik askarlarning shaxsi allaqachon aniqlangan.
Ukraina Milliy politsiyasining xabariga ko‘ra, Xarkov viloyati ozod etilganidan keyin kamida o‘nta “qiynoq maskanlari”, jumladan, Balakliya, Izyum va Volchanskda ham topilgan.
Izoh (0)