Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosiga pasporti qaytarib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, agentlikning Sankt-Peterburgdagi vakilligiga fuqaro R.B. vaqtincha ishlayotgan qandolat korxonasida ish beruvchi tomonidan fuqarolik pasporti olib qo‘yilgani to‘g‘risida murojaat qilgan. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o‘tkazilib, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan va fuqaroning pasporti o‘z egasiga qaytarilgan.
Shuningdek, fuqaro bilan Rossiya hamda O‘zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va’dalarga uchmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)