Avgust oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘sishni ko‘rsatdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Ishbilarmonlik faolligi indeksi bo‘yicha hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Indeksga ko‘ra 2022-yil avgust oyida barcha hududlarda o‘tgan oyga (2022-yil iyul) nisbatan o‘sish kuzatilgan.
Sirdaryo (67,5 foiz), Namangan (41,9 foiz), Farg‘ona (22,5 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda (33,4 foiz) sezilarli darajada o‘sish qayd etilgan.
Buxoro (9,9 foiz), Samarqand (11,4 foiz) va Surxondaryo (16,4 foiz) viloyatlarida iyul oyiga nisbatan o‘sish kuzatilgan bo‘lsa ham, ushbu hududlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayishni qayd etgan — mos ravishda -4,6 foiz, -0,4 foiz va -7 foiz.
Avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlarida ko‘proq kitob sotib olinayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)