Ukraina hukumati harbiy holat tugagunga qadar Rossiyaga tovarlar eksportini butunlay taqiqladi. Bu haqda Ukraina Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ukrainaning bojxona hududidan tashqariga tashqi iqtisodiy shartnomalar, savdo yoki Rossiya Federatsiyasi bo‘lgan belgilangan mamlakat bo‘yicha tovarlarni olib chiqishni taqiqlash kerak, — dedi Iqtisodiyot vazirligi.
Ukraina bosh vazir o‘rinbosari Yuliya Sviridenko bu qarorni Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosimining davomi deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 24-fevraldan keyin Rossiyaga tovarlar eksporti amalda to‘xtatilgan. Ukraina Iqtisodiyot vazirligi bu qaror iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga ishontirdi.
Ukraina Davlat bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 38,7 foizga oshgan va 10,09 milliard dollarni tashkil qilgan.
Ukrainadan Rossiyaga eksport hajmi 26,5 foizga o‘sgan va 3,44 milliard dollarni tashkil qilgan.
Izoh (0)