20-sentabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan “Brat” filmi bilan tanilgan Sergey Bodrovning o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘chki, Pokistondagi Marriott mehmonxonasida terakt va Perm davlat universitetidagi ommaviy qotillikka oid faktlar o‘rin olgan.
Sergey Bodrov hamda uning suratga olish guruhining ayanchli o‘limi
Bundan roppa-rosa 20 yil oldin 20-sentabr kuni Shimoliy Osetiyadagi Karmadon darasida joylashgan “Kolka” muzligi ko‘chgandi. Uning oqibatida 125 kishi, jumladan, “Aloqachi” filmining suratga olish guruhi bedarak yo‘qolgan. Ular orasida taniqli aktyor va rejissor Sergey Bodrov ham bor edi.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Karmadon darasida sodir bo‘lgan muzlik ko‘chishi natijasida yuzaga kelgan sel oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 106 kishi bedаrak yo‘qolgan hisoblanadi, jumladan, ularning 42 nafari kinorejissor kichik Sergey Bodrovning suratga olish guruhi a’zolari edi.
Muz, loy va toshdan iborat ko‘chki oqimi soat 20:08 da boshlangan bo‘lib, soatiga 150-200 kilometr soat tezlikda Genaldon daryosi bo‘ylab qariyb 20 kilometr masofadagi barcha inshootlar, dam olish bazalari, elektr energiyasi liniyalarini vayron qilib harakatlangan. Versiyalarga ko‘ra, muzlikning ko‘chishiga odatdagi pulsatsiyasi emas, balki seysmik, vulqon va meteorolik xarakterga ega kutilmagan siljish sabab bo‘lgan.
Suratga olish guruhining halokati
Shu kuni Sergey Bodrov Karmadon darasida “Aloqachi” filmining epizodlarini suratga olayotgan bo‘lgan. Kechqurun shaharga qaytish vaqtida orasida “Narti” teatrining yetti nafar a’zosi bo‘lgan kinematografchilarni muz seli yuvib ketgan. Hech kim omon qolmagan. Keng ko‘lamli qutqaruv ishlari ham jasadlari topishga yordam bermagan, ammo muzlar o‘nlab yillar davomida erishi mumkin va fojia qurbonlari o‘shanda topilish ehtimoli mavjud.
Fojiadan bir oy oldin Sergey Bodrov o‘g‘illi bo‘lgan, aynan shu sababli u Moskvada qolib ketgan — aslida suratga olish ishlari avgust oxirida boshlanishi va 10 kun ichida tugashi kerak edi. Ko‘chki sodir bo‘lgan kechada Sergey Bodrov rafiqasi Svetlanaga qo‘ng‘iroq qilgan. Bolalarning ahvoli haqida so‘ragan. Er-xotin uzoq vaqt hayrlasha olmagan, go‘shakni qo‘yish vaqtida Bodrov rafiqasiga “Bolalarni asra” degan.
Ko‘chki oqibatida jami 125—130 million metr kub muz-tosh massasi harakatlangan. Ularning asosiy qismi “Karmadon darvozasi” deya nomlanuvchi qoyali jarlikda to‘xtagan bo‘lib, 10 million metr kub suv, katta va mayda tog‘ jinslari o‘tib ketgan xolos. Ushbu massaning barchasi shiddan bilan sel oqimiga aylanib, vodiy uzra yo‘lida uchragan narsani yakson qilgan holda pastga oqqan.
21-sentabr kuni tongda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, yo‘l xizmati xodimlari, o‘rmon qo‘riqlovchi xizmati va harbiy xizmatchilar qutqaruv ishlarini boshlab yuborgan. O‘sha vaqtdagi Rossiya FVV rahbari Sergey Shoygu federal budjet ko‘chki oqibatlarini bartaraf etishga 6 milliard rublga yaqin mablag‘ ajratishini ma’lum qilgan. Qutqaruv-qidiruv ishlari davomida 19 kishining jasadi, turli tana a’zolari topilgan, 14 erkak va 3 ayolning shaxsi aniqlangan. Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida 120 kishi bo‘lgan. Tabiiy ofat hududidan faqat ikki kishi omon qolib, shifoxonaga joylashtirilgan — Marat Datiyev va Alan Betrozov.
Geologlarning ma’lum qilishicha, “Kolka” muzligi 12 yil davomida eriydi. O‘tgan davr mobaynida muzlik deyarli butunlay erib ketdi, ammo halok bo‘lganlarning jasadlarini topish imkonsiz. Chunki tosh va loy zirhli qoplama hosil qilgan bo‘lib, uning ostidan suv oqib o‘tgan va u jasadlarning yuvib ketgan.
Karmadon darasidagi qutqaruv ishlari yarim yildan ortiq davom etgan. Qutqaruvchilar va olimlardan tashqari, bedarak yo‘qolganlarning yaqinlari va ko‘ngillilar daraga lager qurgan. Ular oxirgi daqiqalarga qadar kimdir tunnelga yashiringan bo‘lishi mumkinligiga umid qilgan. Halok bo‘lganlarning yaqinlari muzlikni yorib o‘tishni talab qilgan. Mutaxassislar bu urinishni maqsadli deb hisoblamagan, chunki 100 metr qalinlikka ega muzni orqali oldingi tunnel qayerda joylashnini to‘g‘ri hisoblash imkonsiz edi. Shunga qaramay, qutqaruvchilar 19 ta chuqur qazigan va faqat 69 metrli 20-chuqur tunnelga olib borgan. Ammo u ham suv bilan to‘lgani sabab, odamlar omon qolgan bo‘lishi mumkin emasdi. Shunday qilib, keng ko‘lamli qutqaruv va qidiruv ishlari 2004-yilning 7-mayida yakunlangan.
Fojiadan omon qolganlar
“Aloqachi” filmining syujetiga muvofiq boshqa qahramonlardan narkokuryer Katya (Anna Dubrovskaya) va rejissor Armen (Aleksandr Mezensev) omon qolgan. Vaziyat taqazosi bilan aynan shu aktyorlar muzlik ko‘chishidan omon qolgan, chunki ular o‘sha vaqtda boshqa joyda suratga tushishi kerak edi.
Anna Dubrovskaya uzoq vaqt bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan, chunki u fojia ro‘y bergan kunda Vladikavkazda bo‘lgan va 20-sentabr kuni Moskvaga teatrda Dezdemona rolini o‘ynash uchun uchib ketgan. Bundan tashqari, suratga olish ishlariga “Narti” teatrining ayrim aktyorlari ham kech qolgan — bu ularning hayotini saqlab qolgan.
Operatorlar Igor Grinyakin va Natalya Votren seldan 10 daqiqa oldin hodisa joyidan ketishga ulgurgan. Shuningdek, kichik Sergey Bodrovning do‘sti Aleksey Balabanov ko‘chki sodir bo‘lgan kunda suratga olish ishlarida ishtirok etishi kerak edi, ammo qandaydir sabab bilan bormagan.
1996-yilda Sochidagi kinofestivalda Bodrov rejissor Aleksey Balabanov bilan tanishi qolgan va u yigitni “Uka” (“Brat”) filmi suratga olinayotgan STV studiyasiga taklif etgan. Kartinada Bordov bosh qahramon — Danil Bagrov rolini ijro etgan. 2000-yilda rejissor “Brat-2”ni — film voqealarining davomini suratga oladi. Ikkala kartina ham mashhurlikka erishib, Bodrov butun bir avlod uchun qahramonga aylanadi.
2017-yilda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlariga muvofiq, rossiyaliklar Danil Bagrovni asosiy rus qahramoni deb hisoblaydi. Ovoz berish jarayonida ushbu personaj Ilya Muromes, Styopa amaki, Gleb Jeglov va hatto Shtirlesni ham ortda qoldirgan.
Islomoboddagi mehmonxonada portlash
Bundan 14 yil oldin 20-sentabr kuni kechasi Pokiston poytaxti Islomobodda joylashgan Marriott mehmonxonasi oldida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Oqibatida 54 kishi halok bo‘lgan, 266 kishi jarohat olgan. Qurbonlarning aksariyati pokistonliklar bo‘lib, besh nafar xorij fuqarosi halok bo‘lgan va 15 nafari jarohat olgan.Portlash prezident Osif Ali Zardoriyning Pokiston parlamentidagi birinchi nutqidan bir soat o‘tib sodir bo‘lgan. Marriott poytaxtdagi eng nufuzli mehmonxona hisoblanib, uning atrofida hukumat binolari, diplomatik vakolatxonalar hamda elchixonalar joylashgan
Tergov davomida Pokiston politsiyasi gumonlanuvchi tariqasida uch kishini hibsga olgan. Ular xudkush terrorchiga yordam berishda ayblangan. Keyinroq ularga nisbatan biror dalil topilmagani bois barchasi oqlangan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxonadagi portlash tabiiy gaz sizib chiqishi natijasida yuzaga kelgan, oqibatida 258 ta xonaga ega besh qavatli binoning yuqori qavatlarida yong‘in chiqqan. Portlash ovozi 15 kilometr radiusda eshitilgan. Yong‘in Marriott mehmonxonasining butun konstruksiyasini egallab olgan. Binoning uchdan ikki qismi yonib ketgan.
Marriott mehmonxonasining egasi Sadriddin Xashvaniyning aytishicha, portlovchi vositalar o‘rnatilgan yuk mashinasi shlagbaum oldida to‘xtatilgan. “Bir nechta o‘q ovozi eshitildi. Qo‘riqchilardan biri javob o‘tini ochdi, keyin esa xudkush portlovchi qurilmani ishga keltirdi. Darvoza oldidagi barcha qo‘riqchilar halok bo‘ldi”, — degan Xashvaniy.
Pokiston rahbariyatining uchrashuvi
Pokistonning oliy rahbariyati portlash sodir bo‘lgan vaqtida Marriott mehmonxonasi ichida bo‘lishi kerak edi. Biroq so‘nggi daqiqalarda rejalar o‘zgarib, prezident Osif Ali Zardoriyning parlament yig‘ilishidagi birinchi chiqishidan keyin ular boshqa joyga kechki ovqatga to‘plangan. “Shu kuni milliy yig‘in spikeri rahbariyatdagi baracha uchun — prezident, bosh vazir va qurolli kuchlar boshliqlari uchun Marriott mehmonxonasida kechki ovqat rejalashtirgan edi”, — degan IIV rahbari Rahmon Malik.
Ammo mehmonxona egasi Xashvaniy biror-bir tadbir rejalashtirilganini rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “hukumat amaldori aytgan kechki ovqat uchun joy aytilmagan”.
Pokiston ichki ishlar vaziri Rahmon Malik Zardoriy va bosh vazir Yusuf Rizo G‘iloniy hujumni qoralab, terrorizmga qarshi qattiq kurashish kerakligini aytganini ma’lum qilgan. Adliya vaziri Faruk Nayek esa voqeani “Pokistonning 11-sentabri”, deb atagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda geksogen va trotildan foydalanilgan. Taxminan 600 kilogramm geksogen trotil bilan aralashtirilgan. Portlash ko‘lamini oshirish maqsadida alyuminiy kukuni ham qo‘shilgan.
Xavfsizlik xizmatining ismini oshkor etishni istamagan yuqori martabali amaldorini ma’lum qilishicha, AQSHning Afg‘onistonga yo‘l olishi kerak bo‘lgan 30 nafar dengiz piyodasi mehmonxonada joylashgan va terakt maqsadi ularni yo‘q qilish bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terakt bo‘yicha mas’uliyatni “Islom fidoiylari” nomli kichik terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan. Rahmon Malikning aytishicha, barcha islar FATA’ga (Federal boshqaruvdagi qabilalar zonasi) olib boradi. Pokiston—Afg‘oniston chegarasi yetti yil davomida turli terrorchilik tashkilotlari — afg‘on toliblari, pokiston toliblari va “Al-Qoida” uchun boshpana vazifasini o‘tagan.
Perm davlat universitetidagi ommaviy qotillik
2021-yilning 20-sentabr kuni Perm davlat universiteti hududida ommaviy qotillik sodir etilgandi. Hujum uyushtirgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan otishma oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 47 kishi turli tan jarohatlarini olgan, gumonlanuvchi Timur Bekmansurov qo‘lga olish vaqtida qarshilik ko‘rsatgani uchun yaralangan va og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.Aleksandr Stabrovskiy — Loyihalar bo‘limi menejeri, Perm davlat universiteti tarixi muzeyining sobiq direktori
Men o‘z kabinetimda — sakkizinchi korpusning birinchi qavatida edim (Bekmansurov shu binoga hujum qilgan). Hamkasbim Vitaliy bilan birga o‘tirgandik, uning mashinasidagi signalizatsiya ishga tushib ketdi. U kabinetdan chiqdi, men esa deraza oldiga bordim. Qurol ko‘targan yigit xiyobon bo‘ylab kelayotganini ko‘rdim. U qurolni oldinga chiqarib oldi. Men bunga ahamiyat bermadim: talabalar biror nimani mashq qilayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Unda hech qanday asabiylik sezilmasdi. U bir tekis qadam tashlab kelardi, xuddi paraddagidek — keyin qarsillagan ovoz eshitildi.Lekin bu yigitning o‘q uzayotganini men ko‘rmadim. (Qarsillashdan keyin) Eshikka o‘girildim. Bu vaqtda Vitaliy ofisga yugurib kirdi. U eshikni yopdi, yana bir nechta qarsillash eshitildi. Ular o‘q ovoziga o‘xshamasdi, men universitetda terakt sodir bo‘lyapti, deb o‘yladim. Ma’lum bo‘lishicha, bu yigit (asosiy) korpusga kirib, o‘sha yerda o‘t ochishni boshlagan. Yigit hamkasbimizni otib tashladi, u qirq yoshdan sal oshgandi, hozir reanimatsiyada yotibdi. U yo‘lakda shunchaki o‘z ishlari bilan yurganida ikkovi uchrashib qolgan.
U (hujumchi) ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Keyin odamlarning derazadan sakrayotganini eshitdik. Bir yigit men yaqin turgan deraza ortidan yerga uchib tushdi. U sakragan, lekin, aftidan, oyog‘i singanmi yoki boshqa narsa, xullas, qochib ketolmagan. Yigit o‘sha joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kelib (hujumchi ushlanganidan keyin) olib ketgunga qadar yotdi.
Qurolli shaxs ikkinchi qavatga ko‘tarilib, hammani ketma-ket o‘qqa tutdi. Hammamiz o‘z kabinetimizga qulflanib oldik. Ikkinchi qavatda talabalar bilan bo‘lgan o‘qituvchi eshikni chilvir bilan berkitdi — natijada u kira olmadi.
Otishma, taxminan, yetti daqiqa davom etdi. Keyin 20 daqiqa davomida hammayoq tinchib qoldi. O‘lik sukunat hukm surar, hech narsa eshitilmasdi. 20 daqiqadan so‘ng politsiya, tez yordam, Favqulodda vaziyatlar vazirligi keldi. Ular eshigimiz ortida shovqin soldi: “Politsiya, politsiya, qo‘lingizni ko‘tarib chiqing, devorga qarang!”. Bir soatlar ichida bizni ko‘chaga olib chiqishdi. Hamkasbim bilan kiyimlarimizni olib, tashqariga chiqdik. Talabalar ko‘chada turardi.
Menimcha (hujumning sababi) bor-yo‘g‘i kuz, xuruj qilish. Zamonaviy ahmoqlarning psixologiyasi allaqachon ma’lum. Shunga qaramay, universitetda bunday vaziyatlarda o‘zini qanday tutish kerakligi haqida maxsus darslar va algoritmlar muhokamasi bo‘lmagan.
Men bu universitetda 50 yil ishladim, hozir 73 yoshdaman. Kelinim ushbu voqea fonida menda infarkt bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanyapti, lekin hozircha dadilman.
Vitaliy Prizyuk — Perm davlat universiteti jurnali bosh muharriri
Mening mashinam uning (hujumchi) yo‘lida turgandi. U mashina yonidan o‘tib, o‘q uzgan. Lekin men uni ko‘rmadim, faqat signalizatsiyani eshitdim. Kurtkamni ustimga tashlab, nima bo‘lganini tekshirish uchun tashqariga chiqdim. Men mashinam yoniga shoshib, yo‘lakka chiqqanimda — nimalar bo‘layotganidan bexabar edim — u yerda 50 ga yaqin odam to‘plangandi.O‘q ovozlari bizga juda yaqindan eshitilardi, go‘yo yo‘lakda otilayotgandi, hamma kabinetlarga qochib ketdi. Juda ko‘p o‘q uzildi, ularning ovozi shunchalik baland ediki, biz universitetga ko‘p odamlar hujum qilyapti deb o‘yladik, lekin bilsak, u yolg‘iz o‘zi ekan.
Hozir yaqinlarimiz va hamkasblarimiz bilan yig‘ildik. Birga o‘tirib, hamma uchun qayg‘uryapmiz.
Ivan Pechishchev — Filologiya fakultetining jurnalistika o‘qituvchisi
Bugun (20-sentabr) universitetning ikkinchi korpusidagi talabalarimga ma’ruza o‘tishga bordim — kampusimizda o‘ndan ortiq korpus bor. Men ozroq kech qoldim, soat 11:30 edi. Bo‘lajak geograflar o‘qiydigan sakkizinchi korpusdan o‘tayotganimda, ikkinchi qavat derazalaridan sakrayotgan talabalarni ko‘rdim.Rossiya Jinoyat kodeksiga muvofiq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2021-yilning 23-sentabr kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining Perm o‘lmasi bo‘yicha tergov boshqarmasi boshlig‘i S.Sarapulsev o‘z joniga qasd qilgan. Qator ommaviy axborot vositalari adliya polkovnigi rahbariyat bilan uchrashuvda universitetdagi ommaviy qotillik bo‘yicha tergovni yomon tashkillashtirgani uchun gap eshitgani, uning qo‘l ostidagilar ishdan chetlatilganidan keyin o‘z joniga qasd qilgani haqida yozgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Sarapulsevning o‘limi uning xizmat faloyatiga, xususan, hujum sabab boshlangan tergovga bog‘liq emas.Nima bo‘lganini so‘ray boshladim. Ular menga otishma haqida aytishdi. Binodan kuchli qarsillash ovozlarini eshitdim. Juda vahimali edi. Hamma har tomonga qochardi. Men talabalarim joylashgan ikkinchi korpusga qarab yo‘l oldim (u alohida bino, lekin sakkizinchi korpusdagi o‘tish yo‘laklari orqali u yoqqa o‘tish mumkin). Bizdagi xavfsizlik xizmati allaqachon chora ko‘rgan, bu va qolgan binolarning eshiklari yopib qo‘yilgandi. Men taqillatdim, tushuntirdim. Nihoyat ular meni ichkariga kiritdi.
Natijada shogirdlarim oldiga keldim. Hamma hayron edi, juda qo‘rqardi. Ular ikkinchi kurs — taxminan 18 yoshda. Qizlar yig‘layotgan edi. Ular hujumchini tanimagan. Nima bo‘layotganini tushunmasdi. Faqat dahshat bilan hamma narsani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qirdi.
Men vahimani kamaytirishga harakat qildim. Biz nisbatan xavfsiz joyda ekanimizni, bizning korpus ham, korpusdan korpusga o‘tish yo‘lagi ham yopiq ekanini tushuntirdim. Biz ular bilan auditoriyani berkitib, barrikada qurib oldik va bir yarim soat shunday o‘tirdik.
Universitet bunday holatlar uchun harakatlar algoritmini oldindan ishlab chiqmagan. Bizga faqat karnaylar orqali sinflarda qolishni aytishdi. Men esa talabalardan vahima qilmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarni o‘qimaslikni so‘radim. Keyin bizga karnayda uyga ketishimiz mumkinligini aytishdi va bizni olib ketishdi.
Gumonalnuvchi — 2003-yilning 8-mart sanasida tug‘ilgan yuridik fakultetning 1-bosqich talabasi Timur Bekmansurov. Yigit hujumdan bir necha daqiqa oldin, “VKontakte”dagi sahifasiga o‘qotar qurol uchun qanday litsenziya olgani, boshidagi o‘g‘irqlar kuchayib borgani, hujumni terakt deb baholash kerakmasligi, biror ekstremistik tashkilotga a’zo emasligini aytgani tasvirlangan “Manifest”ini joylashtirgan. Hujumdan bir necha soat o‘tib, akkaunt bloklangan. Shifoxonada Bekmansurovning yaralangan chap oyog‘i kesib tashlagan. Ruhiy-psixologik ekspertiza natijasiga ko‘ra, Timur Bekmansurov aqli raso deb topilgan.
“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.
Izoh (0)