• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “U tekis qadam tashlab kelardi, xuddi paradda yurgandek”. Perm universitetida sodir bo‘lgan otishma guvohlari voqea haqida so‘zlab berdi

    20-sentabr kuni ertalab Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetida 18 yoshli talaba Timur Bekmansurov otishma sodir etdi. Voqeada olti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Hujum qilgan shaxs hibsga olingan. Meduza otishma vaqtida universitetda bo‘lganlar bilan suhbatlashdi.

    Perm universitetiga qilingan hujumdan keyin oliygoh talabalari, 20-sentabr, 2021-yil

    Perm universitetiga qilingan hujumdan keyin oliygoh talabalari, 20-sentabr, 2021-yil
    Foto: AP

    Aleksandr Stabrovskiy

    Loyihalar bo‘limi menejeri, Perm davlat universiteti tarixi muzeyining sobiq direktori

    — Men o‘z kabinetimda — sakkizinchi korpusning birinchi qavatida edim (Bekmansurov shu binoga hujum qilgan). Hamkasbim Vitaliy bilan birga o‘tirgandik, uning mashinasidagi signalizatsiya ishga tushib ketdi. U kabinetdan chiqdi, men esa deraza oldiga bordim. Qurol ko‘targan yigit xiyobon bo‘ylab kelayotganini ko‘rdim. U qurolni oldinga chiqarib oldi. Men bunga ahamiyat bermadim: talabalar biror nimani mashq qilayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Unda hech qanday asabiylik sezilmasdi. U bir tekis qadam tashlab kelardi, xuddi paraddagidek — keyin qarsillagan ovoz eshitildi.

    Lekin bu yigitning o‘q uzayotganini men ko‘rmadim. (Qarsillashdan keyin) Eshikka o‘girildim. Bu vaqtda Vitaliy ofisga yugurib kirdi. U eshikni yopdi, yana bir nechta qarsillash eshitildi. Ular o‘q ovoziga o‘xshamasdi, lekin men universitetda terakt sodir bo‘lyapti, deb o‘yladim. Ma’lum bo‘lishicha, bu yigit (asosiy) korpusga kirib, o‘sha yerda o‘t ochishni boshlagan. Yigit hamkasbimizni otib tashladi, u qirq yoshdan sal oshgandi, hozir reanimatsiyada yotibdi. U yo‘lakda shunchaki o‘z ishlari bilan yurganida ikkovi uchrashib qolgan.

    https://www.instagram.com/p/CUCxVDVMShR/?utm_source=ig_web_copy_link

    U (hujumchi) ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Keyin odamlarning derazadan sakrayotganini eshitdik. Bir yigit men yaqin turgan deraza ortidan yerga uchib tushdi. U sakragan, lekin, aftidan, oyog‘i singanmi yoki boshqa narsa, xullas, qochib ketolmagan. Yigit o‘sha joyda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kelib (hujumchi ushlanganidan keyin) olib ketgunga qadar yotdi.

    Qurolli shaxs ikkinchi qavatga ko‘tarilib, hammani ketma-ket o‘qqa tutdi. Hammamiz o‘z kabinetimizga qulflanib oldik. Ikkinchi qavatda talabalar bilan bo‘lgan o‘qituvchi eshikni chilvir bilan berkitdi — natijada u kira olmadi.

    Otishma, taxminan, yetti daqiqa davom etdi. Keyin 20 daqiqa davomida hammayoq tinchib qoldi. O‘lik sukunat hukm surar, hech narsa eshitilmasdi. 20 daqiqadan so‘ng politsiya, tez yordam, Favqulodda vaziyatlar vazirligi keldi. Ular eshigimiz ortida shovqin soldi: “Politsiya, politsiya, qo‘lingizni ko‘tarib chiqing, devorga qarang!”. Bir soatlar ichida bizni ko‘chaga olib chiqishdi. Hamkasbim bilan kiyimlarimizni olib, tashqariga chiqdik. Talabalar ko‘chada turardi.

    Perm universiteti kampusidan talabalar evakuatsiya qilinmoqda.

    Perm universiteti kampusidan talabalar evakuatsiya qilinmoqda.
    Foto: AFP

    Menimcha (hujumning sababi) bor-yo‘g‘i kuz, xuruj qilish. Zamonaviy ahmoqlarning psixologiyasi allaqachon ma’lum. Shunga qaramay, universitetda bunday vaziyatlarda o‘zini qanday tutish kerakligi haqida maxsus darslar va algoritmlar muhokamasi bo‘lmagan.

    Men bu universitetda 50 yil ishladim, hozir 73 yoshdaman. Kelinim ushbu voqea fonida menda infarkt bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanyapti, lekin hozircha dadilman.

    Vitaliy Prizyuk

    Perm davlat universiteti jurnali bosh muharriri

    Mening mashinam uning (hujumchi) yo‘lida turgandi. U mashina yonidan o‘tib, o‘q uzgan. Lekin men uni ko‘rmadim, faqat signalizatsiyani eshitdim. Kurtkamni ustimga tashlab, nima bo‘lganini tekshirish uchun tashqariga chiqdim. Men mashinam yoniga shoshib, yo‘lakka chiqqanimda — nimalar bo‘layotganidan bexabar edim — u yerda 50 ga yaqin odam to‘plangandi.

    O‘q ovozlari bizga juda yaqindan eshitilardi, go‘yo yo‘lakda otilayotgandi, hamma kabinetlarga qochib ketdi. Juda ko‘p o‘q uzildi, ularning ovozi shunchalik baland ediki, biz universitetga ko‘p odamlar hujum qilyapti deb o‘yladik, lekin bilsak, u yolg‘iz o‘zi ekan.

    Hozir yaqinlarimiz va hamkasblarimiz bilan yig‘ildik. Birga o‘tirib, hamma uchun qayg‘uryapmiz.

    Otishma sodir bo‘lgan universitetga politsiya kirib kelmoqda

    Otishma sodir bo‘lgan universitetga politsiya kirib kelmoqda
    Foto: Reuters

    Ivan Pechishchev

    Filologiya fakultetining jurnalistika o‘qituvchisi

    Bugun (20-sentabr) universitetning ikkinchi korpusidagi talabalarimga ma’ruza o‘tishga bordim — kampusimizda o‘ndan ortiq korpus bor. Men ozroq kech qoldim, soat 11:30 edi. Bo‘lajak geograflar o‘qiydigan sakkizinchi korpusdan o‘tayotganimda, ikkinchi qavat derazalaridan sakrayotgan talabalarni ko‘rdim.

    Nima bo‘lganini so‘ray boshladim. Ular menga otishma haqida aytishdi. Binodan kuchli qarsillash ovozlarini eshitdim. Juda vahimali edi. Hamma har tomonga qochardi. Men talabalarim joylashgan ikkinchi korpusga qarab yo‘l oldim (u alohida bino, lekin sakkizinchi korpusdagi o‘tish yo‘laklari orqali u yoqqa o‘tish mumkin). Bizdagi xavfsizlik xizmati allaqachon chora ko‘rgan, bu va qolgan binolarning eshiklari yopib qo‘yilgandi. Men taqillatdim, tushuntirdim. Nihoyat ular meni ichkariga kiritdi.

    Natijada shogirdlarim oldiga keldim. Hamma hayron edi, juda qo‘rqardi. Ular ikkinchi kurs — taxminan 18 yoshda. Qizlar yig‘layotgan edi. Ular hujumchini tanimagan. Nima bo‘layotganini tushunmasdi. Faqat dahshat bilan hamma narsani ijtimoiy tarmoqlarda o‘qirdi.

    Otishmadan keyin universitet yo‘lagi

    Otishmadan keyin universitet yo‘lagi
    Foto: AFP

    Men vahimani kamaytirishga harakat qildim. Biz nisbatan xavfsiz joyda ekanimizni, bizning korpus ham, korpusdan korpusga o‘tish yo‘lagi ham yopiq ekanini tushuntirdim. Biz ular bilan auditoriyani berkitib, barrikada qurib oldik va bir yarim soat shunday o‘tirdik.

    Universitet bunday holatlar uchun harakatlar algoritmini oldindan ishlab chiqmagan. Bizga faqat karnaylar orqali sinflarda qolishni aytishdi. Men esa talabalardan vahima qilmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlarni o‘qimaslikni so‘radim. Keyin bizga karnayda uyga ketishimiz mumkinligini aytishdi va bizni olib ketishdi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyaning Perm davlat universitetiga qurollangan talaba hujum qildi. 8 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam yaralandi (video)
    • Permda yuz bergan otishmada jarohatlangan va halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – TIV
    • Otishmalar va pichoqbozliklar: Rossiyadagi o‘quv muassasalariga uyushtirilgan hujumlar xususida

    21.09.2021, 16:10   Izoh (0)   53876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi

    21.09.2021, 15:28

    AQSh to‘liq emlangan sayyohlar uchun o‘z chegaralarini ochadi, Pfizer vaksinasi bolalar uchun xavfsiz deb topildi. Koronaxabarlar

    21.09.2021, 13:41

    OAV: Perm universitetida sodir etilgan otishmada turkmanistonlik talabalar jabrlangan

    21.09.2021, 13:26

    Qozog‘istonlik erkak uni uyidan majburan ko‘chirib yuborishga kelgan sud ijrochilari va politsiyachilarni otib tashladi

    21.09.2021, 11:25

    Rossiyada saylov natijalari e’lon qilindi, Davlat dumasiga beshta partiya kirdi

    21.09.2021, 10:24

    Otishmalar va pichoqbozliklar: Rossiyadagi o‘quv muassasalariga uyushtirilgan hujumlar xususida

    21.09.2021, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.