Gruziyaning Kutaisi shahrida joylashgan “Gruziya banki” filialida qurollangan bosqinchi odamlarni garovga oldi, deb xabar bermoqda “Rustavi 2”.
Jinoyatchi ikki million dollar talab qilgan. U talabini bajarishlari uchun uch soat vaqt bergan.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchining qo‘lida 12 kishi garovda turibdi.
Bank binosi politsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)