• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tizimli yondashuv fursati yetdi” – rektor Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan suhbat

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Daryo” nashriga bergan intervyusida bugungi oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov

    Qo‘ng‘irotboy Sharipov
    Foto: “Daryo”

    Kreativ fikrlashga o‘rgatadigan tizim

    Taraqqiyotni belgilovchi asosiy kuch – yuqori malakali kadrlardir. Bunday mutaxassislarni yetishtirish uchun esa ta’lim tizimi yaxshi ishlashi shart. Shu bois, sohada o‘quv rejalarini dunyodagi kuchli besh yuztalikka kirgan universitetlar o‘quv-rejalariga moslashtirish, fan dasturlari va adabiyotlar avlodini yangilash, professional o‘qituvchilarni tayorlash jarayonlari jadallik bilan olib borilyapti. Ikki yil avval boshlagan kredit-modul tizimini samarali yo‘lga qo‘yish ishlari ketyapti. Mazkur tizimning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, talabalarga tanlov huquqi beriladi va ularning mustaqil fikrlashi o‘sishi asosiy o‘rinda turadi.

    Eslasangiz, oldinlari dars mavzulari “konspekt” shaklida yozdirilar va uyga vazifa sifatida yodlashga berilar edi. Bu jarayon insonni fikrlashga, qo‘shimcha yangi bilimlar o‘zlashtirishga rag‘batlantirmaydi. Hozir har bir dars mashg‘ulotidan so‘ng, mavzu yuzasidan yangi bilimlar o‘zlashtirilishi va qo‘shimcha adabiyotlarga murojaat qilinishi kerak bo‘ladi. Shu bois, bugungi pedagog faqatgina darslik bilan cheklanmasligi lozim. Ular har kuni 4-5 ta chet elda nashr etilayotgan ilmiy maqolalarni o‘qishi zarur.

    Kredit-modul tizimi kreativ fikrlaydigan, muammolarni mustaqil yecha oladigan kadrlar yetishib chiqishiga yordam beradi. Bu tizimda talabaga asosiy bilimlarning 30-40 foizi o‘rgatiladi. Fanlarning qolgan qismini talaba o‘zi mustaqil o‘rganadi.

    Mazkur tizimda talaba o‘qiyotgan paytda “menga bu fan emas, boshqasi yoqadi. Muhandis bo‘laman, lekin tanlovim mana bunday”, deyishga haqli bo‘ladi. Aytaylik, u iqtisodchi bo‘lishni xohlaydi va o‘z sohasiga bog‘liq fanlarni o‘rganishi mumkin. Eng muhimi, talaba o‘qishi uchun ixtiyoriy fanlar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham bu talabani qiziqib o‘qishiga undaydigan tizim.

    Yoshlar potensial ish beruvchi sifatida shakllanishi kerak

    Oliy ta’lim sohasidagi hozirgi islohotlar maqsadidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish davr talabi hisoblanadi. Bunda ta’lim beruvchilarning xorijiy ilg‘or tajribalar va amaliyotni o‘rganishlari muhim hisoblanadi.

    Ammo ayrim mavjud standartlar tizimda o‘zgartirishlar qilishga yo‘l bermaydi. Chet elda professor fanni xohlaganicha o‘zgartirishga haqqi bor va uni hech kim tekshirmaydi. Bizda esa kelib tekshiradi. Berilgan soatlari bo‘ladimi yoki dars mazmunimi “standartga javob bermaydi”, deb ketadi. Bizda huquqiy asoslar ham hali yetarli emas.

    Bugungi professor-o‘qituvchilarga qo‘yilayotgan talab har qachongidan yuqori. Oldinlari o‘qituvchiga juda ko‘p dars soati berar edik. O‘qituvchi 700-800 soat auditoriyada ishlaydi. Aslida bunday bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi vazifasining teng yarmini auditoriyada bajarishi lozim va qolgan vaqtlarda ilm bilan shug‘ullanishi zarur. Buni akademik mustaqil bo‘lgan universitetlargina qila oladi.

    To‘g‘ri, o‘qituvchilar uchun ko‘p narsalar yengillashdi. Bugungi kunda tarbiyaviy ishlar bilan ular emas, tyutorlar shug‘ullanadi.

    Endi o‘qituvchilar grant olish ustida ishlashi kerak. Tan olish kerak, ayrim o‘qituvchilar xorijiy tilda ilmiy maqola yozishga qiynaladi. Chunki, maqola ilmiy jihatdan asoslantirilgan va amaliyot uchun maqbul yechimlar olib kelishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan boyitilishi kerak. Chet el granti yoki nufuzli xalqaro jurnallar talabi yuqoriligi bois, kam sonli pedagoglar bu jarayonda faol. Professor-o‘qituvchilarning maqola yozishi uchun ularni ilmiy ishlarga keng jalb qilishimiz zarur. Bu xalqaro darajadagi ta’lim yangiliklarini o‘zlashtirishga va amaliyotda qo‘llashga katta yordam beradi.

    Aslida ta’lim tizimli bo‘lishi kerak. Afsuski, aksariyat yoshlarimiz institutga kirish uchungina o‘qiydi. Ya’ni maqsad institutga kirish bilan tugaydi. Yoshlarni bitta kasbni yaxshi egallab, u bilan non topadigan darajada tarbiyalasak, fanlarni chuqur o‘zlashtirishini ta’minlasak, keyin ular oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadigan kadrlar bo‘lib yetishadi.

    Maktab davridayoq yoshlarda biror kasbga qiziqish uyg‘onishi kerak. Ularni “shu oliy ta’lim dargohida, shu yo‘nalishda o‘qiysan” degan tushuncha bilan tarbiyalashdan voz kechish zarur. “Bu yo‘nalishda o‘qisang 2,5–3 million so‘m oylik bilan qearga borasan” deya majburiy tanlov qilinishi ham noto‘g‘ri. Balki, asosiy kamchiligimiz ham shudir. Mehnat bozori global bo‘lib, yaxshi mutaxassis har bir joyda qadrlanadi. Shu bois, talabalarni o‘z tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi uchun to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Yana bir masala mehnat bozorini ko‘rib chiqishimiz kerak. Hozir diplom uchun o‘qigan bitiruvchilar ishsiz yuribdi. Oliy o‘quv yurtlarini bitirsa-da, ular baribir ishsiz. Nazarimda yoshlar mavjud ish o‘riniga da’vogar emas, balki potensial ish beruvchi sifatida shakllanishi kerak.

    “Hamma gap tizimda”

    Hammasi tizimni boshqarayotgan rahbarga bog‘liq. Agar rahbar shuni tushunib, oxirigacha yetkazsa, unda barchaga yaxshi yetib boradi. Albatta, hamma narsa ham maoshga borib taqalavermaydi. Insonda fidoyilik, vatanparvarlik ham bo‘lishi kerak.

    Aholimiz soni tez o‘syapti, lekin malakali o‘qituvchilar yetishmaydi. Hatto universitetlarda ham malakali o‘qituvchilar yetarli emas. Kvotani oshiramiz deyapmiz, ammo malakali professor-o‘qituvchilar yetishmayotgani darrov seziladi. Bu kopleks muammo. Ya’ni gap faqat ish beruvchida desak noto‘g‘ri bo‘ladi.

    Bizdagi eng yomon illatlardan biri – tanish-bilishchilik. Masalan, falonchani o‘g‘li yoki qizi deyilsa, baho qo‘yib beramiz. Bu haligacha bor. Aytish kerakki, bu jamiyatni buzadigan ishlardan bittasi. Nafaqat tanish-bilishchilik, balki mentalitetimizga singib ketgan ko‘plab illatlarni yo‘qotish juda og‘ir deb o‘ylayman. Urf-odatimiz shunaqa, birovni oshiga boramiz yoki mehmoni bo‘lamiz, keyin farzandini bahosini qo‘yib bermasa, u xafa bo‘ladi. Afsus, bizda shunaqa odat shakllanib qolgan. Chet elda birov boshqanikiga mehmonga bormaydi. Agar borsa ham yegan narsasiga o‘zi yonidan pul to‘laydi. Oldin o‘zimizning mentalitetimizni to‘g‘rilashimiz kerak. Bilasizmi, eng yomoni bu illatlar barcha possovet davlatlarida bor. Rossiyada ham hammasi huddi shunaqa. Men u yerda o‘qiganman. Qozog‘iston, Ozarbayjonda ham shunday.

    Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarini olaylik, Janubiy Koreya hozir qanaqa rivojlanib ketgan – dunyodagi kuchli rivojlangan davlatlar o‘ntaligida turibdi. Shimoliy Koreya esa dunyodagi eng qoloq o‘ntalikda. Hamma gap tizimda. Masalan, tizimda biror narsani o‘zgartiraman desam, qolganlar meni yomon qabul qiladi. Bir voqea bo‘lgandi. O‘zim Turin universitetida rektor bo‘lib ishlagan paytimda o‘g‘lim o‘qishni bitira olmay, 2 yil qayta va qayta o‘qidi. U 4 yillik bakalavr yo‘nalishini 6 yil deganda bitirdi. Atrofimdagi hamma ustimdan kuldi. Rektor ham shunaqa bo‘ladimi, o‘z o‘g‘lini bitirishiga yordam bera olmaydi, deyishdi. Lekin u yerda tizim shakllanganki, xohlasangiz ham o‘qimagan talabaga baho olishida hech qanday yordam bera olmaysiz. O‘qimasa foydasi yo‘q, uni bahosi qo‘yib berilmaydi. Kredit-modul shunday tizim. Bu tizimda ishlay oladigan professor-o‘qituvchilarni olib kelyapmiz. Ammo baribir bu bilan ham 100 foiz joyiga kelmaydi. Hozirda bu tizim hatto Toshkent shahrining o‘zida yaxshi ishlamayapti. Hali viloyatlarga yetib ham borgani yo‘q. Tushunaman, buni birdan qilib bo‘lmaydi. Juda ko‘p vaqt kerak. Hammasini bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. Oldimizda qilinadigan juda ko‘p ishlar turibdi.

     

    19.09.2022, 19:56   Izoh (0)   11563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 231 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

    19.09.2022, 19:44

    Turizm vazirligi va hokimlarga 2023-yilda kamida 7 mln xorijiy hamda 12 mln ichki turistni jalb qilish topshirig‘i berildi

    19.09.2022, 19:42

    Andijon va Farg‘onada “Lirika” va “Tropikamid” sotayotgan shaxslar ushlandi

    19.09.2022, 19:20

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi 3 oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinadi

    19.09.2022, 19:14

    Infratuzilma masalasini hal etish uchun 200 mlrd so‘m ajratilsa, O‘zbekistonga kamida 3 mln turistni jalb qilish mumkin

    19.09.2022, 19:03

    O‘zbekiston 8 oyda xorijga qariyb 3 mln dollarlik limon eksport qildi

    19.09.2022, 18:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.