• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Surxondaryoda klasterga biriktirilgan yerlar qonunga zid ravishda olib qo‘yilgani aytilmoqda

    Surxondaryo viloyatida faoliyat olib boruvchi Termiz Jayxun Cluster paxta-to‘qimachilik klasteriga biriktirib berilgan yerlar boshqa klasterga noqonuniy berib yuborilgani aytilmoqda. Bu haqda klaster rahbari o‘rinbosari Dilmurod Eshniyozov “Daryo”ga qilgan o‘z murojaatida aytib o‘tdi.

    Dilmurod Eshniyozov

    Dilmurod Eshniyozov
    Foto: “Daryo”

    Dilmurod Eshniyozovning ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil qilingan klasterga biriktirib berilgan yerlar bitta yig‘ilish bayoni bilan, hech qanday ogohlantirishsiz boshqa klasterga olib berilgan.

    “Bizga 3 yil avval Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 15 ming 582 ming gektar yer maydoni biriktirib berilgan. Klasterimiz tashkil etilganidan buyon barcha investitsion loyihalar va bank hamda fermer xo‘jaliklari oldidagi majburiyatlarimizni to‘liq bajarib kelayotgan edik. Ammo joriy yilning mart oyida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasining yig‘ilish bayoni bilan Qumqo‘rg‘on tumanidagi bizga biriktirilgan yerlar boshqa klasterga o‘tkazib berildi. Afsuski, bu amaldagi qonunlarga zid”, — dedi Dilmurod Eshniyozov.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, klaster tomonidan tortib olingan yerlarga 2022-yilning hosili uchun 1-noyabrdan fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi imzolab, uni moliyalashtirib, agrotexnika: yer tekislash, shudgorlash, chigit tayyorlash kabi ishlar olib borgan. Ushbu xarajatlar uchun klaster hisobidan 34 milliard 500 million so‘m xarajat qilingan bo‘lsa-da, yer ajratilgan klaster yoki hukumat tomonidan qoplab berilmagan. Buning ustiga hosilni yig‘ib olishga ham ruxsat berilmagan.

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasining yig‘ilish bayoni

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasining yig‘ilish bayoni
    Foto: “Daryo”
    Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq yangi paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilishi qayd etilgan. Lekin Termiz Jayxun Cluster paxta-to‘qimachilik klasteriga biriktirilgan yerlarni olib qo‘yish haqida Vazirlar Mahkamasi qaror qilmagan.

    Nizomga ko‘ra, yangi paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlar har yili 20-avgustga qadar mas’ul idoralarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi va arizalar 1 oktabrga qadar ko‘rib chiqilishi belgilangan. Ammo Termiz Jayxun Cluster paxta-to‘qimachilik klasteriga biriktirilgan yerlar mavsumning o‘rtasiga kelib, mart oyida olib qo‘yilgan.

    Tartibga binoan, faoliyati tugatilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari tugatilayotgan yildagi mavsum bo‘yicha paxta hosilini to‘liq yig‘ib (sotib) olishga ruxsat berilsa-da, Termiz Jayxun Cluster paxta-to‘qimachilik klasteriga hosilni olishga ruxsat va sarf etilgan 34 milliard 500 million so‘m qoplab berilmagan.

    Dilmurod Eshniyozov, Termiz Jayxun Cluster paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari o‘rinbosari

    Foto: “Daryo”

    Holat yuzasidan Adliya vazirligi xulosa berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish Respublika komissiyasi xulosasiga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilishini alohida ta’kidlab o‘tgan.

    Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan javob xati

    Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan javob xati
    Foto: “Daryo”
    Mazkur farmonning 3-bandida talabgor va tegishli idoralar o‘rtasida to‘rt tomonlama bitim o‘ttiz yil muddatga tuzilish nazarda tutilgan bo‘lib, to‘rt tomonlama bitimni tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda bekor qilish faqatgina sud tartibida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandida bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshirilib, taraflardan birining bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi taklifi qolgan taraflar tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan.

    Mazkur nizomning 41-bandida bitimni bekor qilishga (to‘liq yoki muayyan hududga nisbatan) asos bo‘luvchi holatlar keltirilgan bo‘lib, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmaganda yoki paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta to‘qimachilik klasteri tomonidan shartnoma munosabatlarini uch yil davomida bajarilmay kelganligini asoslovchi yozma murojaatlar bo‘lganda sud tomonidan amalga oshirilishi qayd etilgan.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaatingizdan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqligi ma’lum qilinadi, — deya Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi huquqiy tushuntirish bergan.

    Klaster ma’muriyati yerni olib qo‘yish sabablarini bilish va o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘rab Savdo-sanoat palatasiga, paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasiga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga arz qilgan, lekin ularning bari sudga murojaat qilishni tavsiya qilish bilan cheklangan. Yiliga paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasiga a’zolik badali sifatida 100 million so‘m to‘lagan bo‘lsa-da, uyushma klasterga hech qanday yordam bermagan.

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tomonidan yuborilgan javob xati

    Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tomonidan yuborilgan javob xati
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    19.09.2022, 20:06   Izoh (0)   11093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tizimli yondashuv fursati yetdi” – rektor Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan suhbat

    19.09.2022, 19:56

    Farg‘onada 231 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

    19.09.2022, 19:44

    Turizm vazirligi va hokimlarga 2023-yilda kamida 7 mln xorijiy hamda 12 mln ichki turistni jalb qilish topshirig‘i berildi

    19.09.2022, 19:42

    Andijon va Farg‘onada “Lirika” va “Tropikamid” sotayotgan shaxslar ushlandi

    19.09.2022, 19:20

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi 3 oyda tizimida o‘zgarish qilmasa, ishdan olinadi

    19.09.2022, 19:14

    Infratuzilma masalasini hal etish uchun 200 mlrd so‘m ajratilsa, O‘zbekistonga kamida 3 mln turistni jalb qilish mumkin

    19.09.2022, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.