Dunyodagi eng yirik kofe yetkazib beruvchi Braziliyada qurg‘oqchilik tufayli kofe zaxiralari joriy yilning bahorida tarixiy eng past darajaga yetishi mumkin. Bu haqda Braziliya Milliy qahva kengashi rahbari Silas Brasileyroga asoslanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyigacha mamlakatdagi kofe zaxiralari og‘irligi 60 kg bo‘lgan 7 million qopgacha kamayishi mumkin, eng qulay daraja esa 9-12 million qop bo‘ladi.
Butun dunyoda qahvaga bo‘lgan global talab o‘sishda davom etmoqda, iste’mol bu yil 1,5 foiz va o‘tgan yili 2 foizga oshgan.
Talab oshgani sayin narxlar ham oshadi. Agentlikning qayd etishicha, Nyu-Yorkda Arabica kofe fyucherslari narxi yiliga 11 foizga oshgan va tahlilchilar bu jarayon davom etishiga ishonmoqda.
Global narxlar o‘sishda davom etadi va Braziliya yetkazib berishidagi noaniqlik buning sabablaridan biridir, — dedi Gollandiyadagi Rabobank bankining katta iqtisodiy tahlilchisi Guilyerme Moriya.
Nashrning fikricha, yaqin kelajakda vaziyat o‘zgarmaydi. Noqulay ob-havo Gvatemala, Gonduras va Nikaraguadagi qahva plantatsiyalariga ham tahdid solmoqda.
2022-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 1,8 million dollarga teng bo‘lgan 257,2 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Joriy yilning ilk yetti oyida O‘zbekiston eng ko‘p qahva eksport qiladigan davlatlar orasida Braziliya 45 tonna bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Braziliyadagi qahva zaxiralarining keskin pasayishi, O‘zbekistonning boshqa muqobil bozorlarni izlashiga turtki bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)