Andijon viloyati Xonobod shahrida qo‘shmachilik qilib, fuqarolardan 300 ming so‘m olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 13-sentabr kuni IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Ye.X. 300 ming so‘m miqdoridagi pul evaziga Xonobod shahri “Xontog‘” mahallasi adirliklarida joylashgan dam olish maskanida o‘ziga notanish bo‘lgan erkak va ayolning jinsiy aloqa qilib dam olishi uchun sharoit yaratib bergani aniqlandi. Undan 300 ming so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahri IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)