Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi 16 va 24-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 14-sentabrdan 15-sentabrga o‘tar kechasi Marg‘ilon shahri tibbiyot birlashmasiga shahardagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar hamda 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 5 nafar tarbiyalanuvchisi alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlarning holati qoniqarli bo‘lgani tufayli 17-sentabr kuni shifoxonadan chiqarilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)