Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 17-sentabr telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml mabuot xizmati xabar berdi.
Telefon orqali muloqot chog‘ida Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga mehmondo‘stligi va Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitini a’lo darajada tashkil etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi, jumladan, savdo-iqtisodiy sohadagi ayrim dolzarb masalalar muhokama qilindi. Rossiya–O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi o‘zaro hamkorlik tasdiqlandi. Rossiya tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bo‘lajak muloqotlar jadvali ham muhokama qilindi.
Izoh (0)