Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasining oliy darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Bu haqdagi farmon Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, SHHT doirasida ko‘p tomonlama muloqotni chuqurlashtirish hamda strategik mintaqaviy loyihalarni joriy etishda ishtiroki va amaliy ko‘magi uchun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi mukofotlangan.
Mukofotni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
Izoh (0)