“Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi avgust oyida metrodan foydalangan yo‘lovchilarning qaysi to‘lov tizimlaridan foydalangani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1-avgustdan 31-avgustga qadar Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning to‘lov tizimidan foydalanish ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Unga ko‘ra, foydalanuvchilarning 66 foizi (5 million 794 ming 899 kishi) metrodan foydalanishda QR kodli chipta orqali to‘lov qilgan. Taxminan 17 foizi esa (1 million 522 ming 646 kishi) yo‘lkira haqini transport kartasidan to‘lagan.
Bundan tashqari, bank kartasidan foydalanuvchilar 10 foizni tashkil etsa, yana 5 foiz foydalanuvchilar imtiyozli transoort kartalari orqali to‘lovni amalga oshirgan.
Shuningdek, 2 foiz foydalanuvchilar nafaqaxo‘rlar bo‘lib, 218 ming 289 nafar yo‘lovchi xizmatdan bepul foydalangan.
Izoh (0)