Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 14-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga uchib keldi.
Uni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Sammit doirasida davlat rahbari oliy darajadagi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Qirg‘iziston rasmiy delegatsiyasi tarkibida:
- tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev;
- Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azymbaqiyev;
- Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanboyev;
- Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoev;
- Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev mavjud.
Izoh (0)