Xitoy rahbari Si Szinpin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev matbuot xizmatiga tayanib “Kommersant” xabar bermoqda.
Ikki davlat rahbarlari muzokaralar o‘tkazish niyatida, shuningdek, hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar tuzish rejalashtirilgan. Bu Si Szinpinning koronavirus pandemiyasi davridan beri birinchi xorijiy tashrifidir. U 2020-yil yanvar oyi oxiridan beri Xitoyni tark etmagandi.
15—16-sentabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Xitoy prezidenti Si ham u yerga tashrif buyuradi.
Iyul oyida yapon ommaviy axborot vositalari Xitoy rahbari pandemiya tufayli Vladimir Putinning Rossiyaga kelish taklifini rad etgani haqida yozgan edi. Kreml esa Si Szinpin Rossiyaga koronavirus cheklovlari olib tashlanganidan keyin tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)