Ta’mirlash ishlari tufayli ertaga, 13-sentabr kuni Toshkent shahrining Olmazor, Yakkasaroy tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar qildi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumani Sag‘bon 4-berk ko‘chasi hududida joylashgan yerosti o‘rta bosimli D-76 mmli hamda past bosimli D-40 mmli yer usti gaz quvurlarini 2022—2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida ta’mirlash ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli 13-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:30 ga qadar “Hofiz Kuhakiy” mahallasidagi 125 ta hovli xonadonlarda hamda 9 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan:
- nonvoyxona-6 ta;
- ofis-1 ta;
- ovqatlanish shoxobchasi-2 ta.
Shundan:
- ovqatlanish shoxobchasi-1 ta;
- mehmonxona-1 ta.
Izoh (0)