7-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlangandi. Arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi Davlat test markazi.
Qayd etilishicha, talabgorlarning arizalari Apellyatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. Bunda har kuni 700 nafar (shanba kuni 400 nafar) talabgorning apellyatsiya arizasini ko‘rib chiqish belgilangan:
- OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 600 nafar;
- xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 100 nafar.
Izoh (0)