Toshkentdan Moskvaga avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ular har kuni qatnay boshladi. Bu haqda “Migration.uz” xabar bermoqda.
“Toshkent” avtovokzalidan har kuni soat 12 dan boshlab avtobuslar yo‘lga chiqadi. Yo‘l haqi 1 million 205 ming so‘m, yo‘l vaqti 2 kun 16 soat.
Rossiyaning boshqa shaharlariga qatnovlar:
- Toshkent – Qozon: seshanba va juma (11:00), yo‘nalish narxi 905 ming so‘m;
- Toshkent – Omsk: seshanba va shanba (23:30), chipta narxi – 805 ming so‘m;
- Toshkent – Novosibirsk: dushanba (14:00), chipta narxi – 905 ming so‘m;
- Toshkent – Nijniy Novgorod: payshanba (6:00), 1 million 5 ming so‘m.
Avvalroq O‘zbekistonda shaharlararo avtobus yo‘lkira narxlari oshgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)