• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “Cho‘ntagimda 500 dollar qolgan edi” — AQSHda yashab “Uber” kompaniyasida ishlayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassisi hikoyasi

    IT Park xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassisi Darxonbek Mamataliyevning muvaffaqiyat tarixi haqida hikoya qiladi. 25 yoshli Darxonbek Toshkentdagi Inha universitetini tamomlagan. Maktab, kollej va universitetda o‘qib yurgan kezlarida informatika va dasturlash fanlari bo‘yicha olimpiadalarda va IT musobaqalarida ham qatnashgan.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    U hozirda AQSHda yashab “Uber” kompaniyasida iOS-dasturchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Chet elga ketish tarixi

    Darxonbek AQSHga 2019-yilda ko‘chib ketgan. U Green Card yutganimdan so‘ng rezyumelarini AQSH kompaniyalariga jo‘natgan. IT sohasida ish topgach u yerga ko‘chib o‘tgan.

    Uning aytishicha, ko‘chishdan maqsadi ikkita edi: moliyaviy yetuklik va dasturchi sifatida texnik bilimlarni oshirish.

    AQSH, xususan, Kremniy vodiysi barcha texnologik kompaniyalarining markazi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab eng yirik kompaniyalarining yarmidan ko‘pi u yerda joylashgan. IT-mutaxassis uchun esa ko‘p narsalarni o‘rganishi mumkin bo‘lgan tajribali murabbiyga ega bo‘lish juda muhimdir.

    Bundan tashqari, ustida ishlashingiz mumkin bo‘lgan katta mahsulotlarga ega bo‘lish ham juda muhim o‘rin tutadi, chunki katta, murakkab texnik muammolarga duch kelmasangiz, ularni qanday hal qilishni o‘rganmaysiz, — deydi Darxonbek.

    Darxonbek eslashicha, ko‘chish va ishga joylashish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan, chunki Green Card ishlashga ruxsat beradi. Ammo kelgandan keyin ba’zi qiyinchiliklar paydo bo‘ldi.

    AQSHga ko‘chib o‘tganimda, men deyarli barcha pullarni chiptaga va uy-joyga sarfladim. Cho‘ntagimda 500 dollar qolgan edi. Bu mablag‘ bilan men mamlakatda hayotimni va ishimni boshladim va tez orada maosh olaman deb umid qildim, chunki menda boshqa pul yo‘q edi, — deb eslaydi u ilk kunlarini.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Boz ustiga yaqinlari yonida emasligi Darxonbek uchun yanada qiyin bo‘lgan.

    Ko‘pchilik aytadi: chet elga bor, u yerda hamma narsa oson, hayot go‘zal, deb. Aslida uning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud.

    Yangi mamlakatga ko‘chganingizda, barchasini qayta boshlashingiz kerak. Yoningizda na do‘stlaringiz, na tanishlaringiz, oilangiz, na obro‘-e’tiboringiz, na tanish-bilish bo‘ladi. Yangidan do‘stlar va tanishlar doirasini tuzish kerak, shuning barobarida, o‘zga madaniyat va urf-odatlarga moslashish lozim.

    Nega aynan AQSH?

    Hozirda Darxonbek “Uber Eats” — turli davlatlarda faoliyat olib boradigan taom hamda do‘konlardan oziq-ovqat yetkazib berish ilovasini dasturlash ustida ish olib bormoqda. “Uber Eats” mazkur soha bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi.

    Nega aynan AQSHni tanladingiz deya berilgan savolga Darxonbek moliyaviy nuqtayi nazardan Amerikada dasturchilarga eng yuqori maosh beriladi, deya javob berdi.

    Salohiyat nuqtayi nazaridan, u yerda nafaqat IT-kompaniyalar, balki boshqa sohalarda ham, masalan, sug‘urta, tibbiyot, bank va moliya sohalarida ham dasturchi-mutaxassislar kerak.

    Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tganimdek, bu yerda yirik kompaniyalar, yirik mahsulotlar juda ko‘p. 10 mingta foydalanuvchi ishlatadigan ilovani yaratish boshqa, 100 million foydalanuvchi ishlatadigan ilovani ishlab chiqish boshqa. Ish ko‘lami, yondashuvlar har xil, — deb tushuntiradi u.

    Qolaversa, mamlakatda turli IT-konferensiyalar o‘tkazib kelinadi. Tadbirlarda mashhur dasturchilar, dasturlash tillari, texnologiyalar mualliflarini uchratish mumkin. Ushbu mutaxassislardan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi.

    O‘zbekiston IT sohasini qanday baholaysiz?

    Darxonbek har qanday davlatning IT sohasi rivojlanishini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholaydi: moliya, infratuzilma, o‘sish va inson salohiyati.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Moliyaviy nuqtayi nazardan, tan olaman, men hayratdaman. O‘zbekistonda dasturchilarning maoshi juda tez o‘sib bormoqda, bu qisman yirik global kompaniyalarning mamlakat bozoriga kirib kelgani bilan bog‘liq.

    Shuningdek, mutaxassislar xorij kompaniyalarida qanday ishlash mumkinligi haqida o‘ylay boshladi va dasturchilar kasbining o‘ziga xos xususiyati shundaki, siz dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan ishni bajarishingiz mumkin”.

    Hozir, deya davom etadi mutaxassis, o‘zbekistonlik kadrlar xalqaro va xorijiy loyihalarni izlab, yaxshi maosh olishni o‘rgana boshladi.

    Infratuzilmaga kelsak, u tarmoq sifatini nazarda tutgan holda, Toshkentda bu borada hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidladi. Bundan tashqari, poytaxt o‘z biznesingizni xavfsiz olib borishingiz mumkin bo‘lgan kovorking maydonlariga to‘la. Biroq, poytaxt tashqarisida ahvol boshqacha.

    Men o‘zim angrenlikman. Internet yomonligi sababli u yerda ishlash deyarli mumkin emas, kovorking haqida esa gap bo‘lishi ham mumkin emas, ular shunchaki mavjud emas. Hududlarda ham xuddi shunday muammo bor. Lekin men bilamanki, IT Park odamlar o‘qish va ishlash uchun kelishi mumkin bo‘lgan filiallar va IT markazlarini viloyatlarda ham ochmoqda, — deydi u.

    Darxonbekning kuzatishlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kasbiy o‘sish istagida bo‘lganlar ko‘p. Yoshlar IT sohasi istiqbolli ekanligini, bu orqali yaxshi pul ishlash mumkinligini tushunishadi. Ijobiy trend kuzatilayotgani, shubhasiz, quvonarli holat.

    U hozir ko‘rayotgan yagona muammo O‘zbekistonda yirik mahsulotlar kam. O‘rganmoqchi bo‘lganlar bor, lekin ularga o‘rgatadigan hech kim yo‘q ya’ni talabaga tajriba yetishmaydi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan ustoz yo‘q.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    Inson kapitali qiyinroq masala. O‘zbekiston aholisi 30 milliondan ortiq, ularning orasida IT sohasiga qiziquvchilar salmoqli. Ammo muammo shundaki, hozir dasturchilarimiz sifat jihatidan jahon darajasidagi dasturchilar bilan raqobatlasha olmaydi.

    Katta mahsulotlar ustida ishlay oladigan jahon miqyosidagi mutaxassislar barmoq bilan sanardek. Qolganlarida esa bunday bilim va tajriba yo‘q, jahon standartlariga javob bermaydi.Shuning uchun,u ham oliy ta’lim o‘quv yurtlarida, ham o‘quv kurslarida berilayotgan ta’lim sifatini oshirish muhim ekanligiga urg‘u berdi.

    Aminmanki, to‘g‘ri yondashuv bilan O‘zbekiston tez orada yangi bosqichga ko‘tariladi. Biz odamlarga boshqacha fikrlashni — tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam berishimiz kerak. Faqat biron bir IT-kompaniyada ishlamasdan, kattaroq narsalar haqida, o‘z korxonangizni qanday yaratish haqida o‘ylab ko‘ring, — deb tavsiya beradi u.

    “Vatanga qaytish niyatingiz bormi?” degan savolga Darxonbek: “Men deyarli ketmadim desam ham bo‘ladi”, deya javob berdi.

    O‘zbekistonga har olti oyda kelaman. Bu yerda men universitetlarda, konferensiyalarda nutq so‘zlayman. Shuning uchun deyarli ketmadim desam ham bo‘laveradi. Ammo jiddiy olib qarasa, hozir men dunyoni o‘rganyapman va yaqin yillarda sayohat qilishni, turli mamlakatlarni, ularning madaniyatini va biznesini o‘rganishni rejalashtirmoqdaman.

    Foto: IT Park

    Foto: IT Park

    U yoki bu davlatda IT sohasi qanday ishlaydi, ularda qanday muammolar bor, ular qanday hal qilinmoqda, qayerda qanday biznesni boshlash mumkinligi meni qiziqtiradi. Qaytamanmi yoki yo‘qmi, bilmayman, vaqt ko‘rsatadi, — deb javob beradi u.

    Yosh dasturchilarga qanday maslahat berasiz?

    Darxonbek yosh mutaxassislarga aniq maslahatlar berdi.

    Faoliyatingizning dastlabki yillarida bor e’tiboringizni tajriba orttirishga qarating. Hattoki pul to‘lanmaydigan amaliyot o‘tashingiz ham mumkin. Loyihalarni amalga oshiring va portfolio yarating.

    Shuningdek, u yosh dasturchilarga ko‘p o‘qishni, yomon odatlardan voz kechishni maslahat beradi.

    1. “Atomic Habits” kitobini tavsiya qilaman. Unda yomon odatlardan xalos bo‘lish va yaxshi odatlarni shakllantirish usullari tasvirlangan. Ushbu usullar o‘quv jarayonini osonlashtiradi.

    2. Dasturchilar harakatsiz hayot tarziga ega. Sport bilan shug‘ullaning — sport zaliga boring, yuguring, velosipedda uching.

    05.09.2022, 21:14   Izoh (0)   41726
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yil boshidan beri mahalliy parvozlar narxi sezilarli darajada oshdi

    05.09.2022, 20:36

    “Gazprom” va “Lukoyl”ga aloqador shubhali o‘limlar: olti oy ichida sakkiz nafar rossiyalik tadbirkor halok bo‘ldi

    05.09.2022, 20:07

    Bayram kunlarida qanday qilib oziq-ovqatni tejash orqali dunyoni ochlikdan xalos etishga hissa qo‘shish mumkin?

    03.09.2022, 15:13

    Nega Nigeriyada dindor bolalar ko‘chada tilanchilik qiladi?

    29.08.2022, 23:22

    Marsda sabzavot o‘stirish qanchalik haqiqatga yaqin?

    29.08.2022, 12:43

    Medvedev Yevropada gaz narxi 5 000 yevrogacha oshib ketishini prognoz qildi va buni o‘ziga xos surat bilan ta’rifladi

    28.08.2022, 22:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.