• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    “Gazprom” va “Lukoyl”ga aloqador shubhali o‘limlar: olti oy ichida sakkiz nafar rossiyalik tadbirkor halok bo‘ldi

    Yanvar oyi oxiridan beri kamida sakkiz nafar taniqli rossiyalik ishbilarmonlar o‘z joniga qasd qilish yoki hali tushuntirilmagan baxtsiz hodisalarda halok bo‘lgan, ulardan oltitasi Rossiyaning ikkita yirik energetika kompaniyasi bilan aloqador. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

    Foto: CNN

    Ularning oltitasidan to‘rttasi Rossiya davlat energetika giganti “Gazprom” yoki uning sho‘ba korxonalaridan biriga, qolgan ikkitasi esa Rossiyaning eng yirik xususiy neft va gaz kompaniyasi “Lukoyl” bilan bog‘liq edi.

    Yil boshida “Lukoyl” kompaniya noodatiy jamoatchilik pozitsiyasini egallab, Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi chiqdi, qurbonlarga hamdard bo‘lishga va mojaroga barham berishga chaqirdi.

    Kompaniya raisi Ravil Maganov shu hafta Moskvadagi shifoxona derazasidan yiqilib vafot etdi, — deb xabar bermoqda Rossiya davlat axborot agentligi “TASS”.

    1-sentabrda Maganov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi, deb bayonot berdi “Lukoyl”. Unda yiqilish haqida hech narsa aytilmagan.

    “Lukoyl”ning yana bir top-menejeri Aleksandr Subbotin may oyida Moskva yaqinida shamanga tashrif buyurganidan so‘ng o‘lik holda topilgan edi, — deb xabar bermoqda “TASS”.

    Xabar berilishicha, tez yordam yurak yetishmovchiligidan aziyat chekkan hushsiz odamga chaqirilgan. Politsiya ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

    “Gazprom” bilan aloqalar

    Bu yilgi o‘lim holatlarining birinchisi — “Gazprom”ning yuqori lavozimli rahbari 2022-yil 30-yanvar kuni Leningrad yaqinidagi kottejda o‘lik holda topilgani bo‘ldi.

    Voqea joyida o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi yozuv topilgani va tergovchilar o‘limni o‘z joniga qasd qilish sifatida tekshirayotgani haqida xabar berilgan.

    “Gazprom Invest” kompaniyasining transport bo‘limi boshlig‘i Leonid Shulman

    “Gazprom Invest” kompaniyasining transport bo‘limi boshlig‘i Leonid Shulman
    Foto: CNN

    Rossiya milliy teleradiokompaniyasi bu shaxsni “Gazprom Invest” kompaniyasining transport bo‘limi boshlig‘i Leonid Shulman ekanligini ma’lum qilgan.

    Oradan bir oy o‘tgach 25-fevral kuni, xuddi shu qishloqda “Gazprom”ning yana bir top-menejeri Aleksandr Tyulakov o‘lik holda topildi. Xabar berilishicha, u o‘z joniga qasd qilgan.

    “Gazprom”ning top-menejeri Aleksandr Tyulakov 

    “Gazprom”ning top-menejeri Aleksandr Tyulakov 
    Foto: CNN

    Aprel oyida “Gazprom”ga aloqador yana ikki rossiyalik tadbirkor qotillik va o‘z joniga qasd qilish oqibatida halok bo‘lgan.

    Ulardan biri, “Gazprombank”ning sobiq vitse-prezidenti Vladislav Avayev 18-aprel kuni Moskvadagi kvartirasida rafiqasi va qizi bilan o‘lik holda topilgan.

    Qarindoshlaridan biri Avayevlarning jasadlarini oila haydovchisi va enagasi ular bilan telefon orqali bog‘lana olmayotganini, kvartiraga ham kirolmayotganini aytganidan keyin topgan — eshik ichkaridan yopiq bo‘lgan.

    “Gazprombank”ning sobiq vitse-prezidenti Vladislav Avayev

    “Gazprombank”ning sobiq vitse-prezidenti Vladislav Avayev
    Foto: CNN

    Yaqinda Rossiyadan Ukrainaga ketgan “Gazprombank”ning sobiq vitse-prezidenti Igor Volobuev intervyusida Avayev o‘zini o‘ldirganiga ishonmasligini bildirgan.

    Bir kun o‘tib, 19-aprel kuni qisman “Gazprom”ga tegishli bo‘lgan “Novatek” gaz ishlab chiqaruvchi kompaniyasining sobiq rahbari Sergey Protosenya Barselona yaqinidagi O‘rta yer dengizi kurorti Lloret de Mardagi uyida o‘lik holda topilgan.

    Uning xotini va qizining zo‘ravonlik alomatlari mavjud jasadlari oilaning hashamatli uyi ichidan topilgan, Protosenyaning jasadi esa tashqaridagi bog‘da bo‘lgan.

    “Novatek” gaz ishlab chiqaruvchi kompaniyasining sobiq rahbari Sergey Protosenya

    “Novatek” gaz ishlab chiqaruvchi kompaniyasining sobiq rahbari Sergey Protosenya
    Foto: CNN

    Lloret de Mar shahri joylashgan Jirona provinsiyasidagi Kataloniya politsiyasi xabar berishicha, ular ish bo‘yicha tergovni yakunlab, xulosalarni sudga yuborgan.

    Politsiya o‘limlar qo‘sh qotillik va o‘z joniga qasd qilish degan xulosaga kelganini aytdi.

    Aprel oyida Daily Mail bilan suhbatda Protosenyaning o‘g‘li voqealarning ushbu versiyasini shubhalanayotganini va otasi o‘ldirilganini taxmin qilayotganini bildirdi.

    Asli ukrainalik Rossiya fuqarosi neft va gaz milliarderi Mixail Uotford 28-fevral kuni Angliyaning Surrey shahridagi uyida o‘lik holda topilgan.

    Mart oyi oxirida Nijniy Novgorodda yana bir rossiyalik tadbirkor Vasiliy Melnikov oilasi bilan birga o‘lik holda topilgan.

    Melnikovga tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi MedStom kompaniyasi tegishli edi. Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 23-mart kuni 43 yoshli erkak, uning 41 yoshli rafiqasi va 4-10 yoshli ikki farzandi pichoqlab o‘ldirilgani aniqlangan.

    05.09.2022, 20:07   Izoh (0)   18756
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayram kunlarida qanday qilib oziq-ovqatni tejash orqali dunyoni ochlikdan xalos etishga hissa qo‘shish mumkin?

    03.09.2022, 15:13

    Nega Nigeriyada dindor bolalar ko‘chada tilanchilik qiladi?

    29.08.2022, 23:22

    Marsda sabzavot o‘stirish qanchalik haqiqatga yaqin?

    29.08.2022, 12:43

    Medvedev Yevropada gaz narxi 5 000 yevrogacha oshib ketishini prognoz qildi va buni o‘ziga xos surat bilan ta’rifladi

    28.08.2022, 22:01

    Kaliforniyada 2035-yildan boshlab benzinda yuradigan yangi avtomobillarni sotish taqiqlanadi

    26.08.2022, 18:06

    Koreya O‘zbekistonda asalarichilikni rivojlantirish uchun 3 mln dollar ajratadi

    26.08.2022, 12:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Chorvoqda suv bo‘yidagi yagona, noodatiy dam olish maskani ochildi


    Mikrokreditbank ko‘magida "Romstar" korxonasining eksport salohiyati oshmoqda


    AKFA Group xolding: Qoraqalpog‘istonda yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OPPO Reno12 F — sun’iy intellekt olamiga qadam qo‘ying

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.