• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqsayotgan o‘zbek tibbiyoti, bir-biriga raqib xususiy va davlat shifoxonalari, “sindirilgan” 100 ming dollarli kadrlar – shifokor Maqsud Mallayev bilan suhbat (video)

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 31 yillik bayramida kuchli rivojlantirilishi kutilayotgan 5 ta sohani sanab, ulardan biri tibbiyot bo‘lishini aytdi. Xo‘sh, tibbiyotda aynan qaysi muammolarga yechim kerak? O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining bugungi holati qanday? “Daryo” nashri shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Tibbiyot fanlari nomzodi, onkolog shifokor Maqsud Mallayev bilan suhbat uyushtirdi.

    Maqsud aka, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifatini 10 ballik darajadan necha ball bilan baholagan bo‘lar edingiz?

    Tibbiyotga natijalar va xalqning sog‘liq darajasi baho qo‘yib beradi. Tibbiyot juda katta soha bo‘lgani uchun uni baholash nisbiy. Hozirgi O‘zbekiston tibbiyotini umumiy hisobda 10 ballik ko‘rsatkichdan 5-6 ballga baholasak bo‘ladi.

    Nega tizim sifatini ko‘rsatkichning teng yarmiga baholadingiz? Buning asosiy sabablarini aytsangiz?

    Tibbiyot — shaxsga bog‘liq bo‘lgan soha. Tibbiyotimizning eng oqsoqlanayotgan joyi ham kadr muammosida.

    2016-yildan hozirgacha xususiy shifoxonalarning davlat shifoxonalariga nisbati 10 baravar oshdi. Ya’ni o‘rtada raqobat boshlandi. Xususiy klinika shifokorga ko‘proq sharoit yaratyapti, yengilliklar va motivatsiya beryapti.

    Shunday bo‘lgach, davlat shifoxonalaridagi salohiyatli shifokorlarning ko‘pchiligi xususiy shifoxonalarga o‘tib ketdi. Oqibatda davlat shifoxonalarida kadrlar yetishmovchiligi boshlandi.

    Byudjetdan millardlab mablag‘lar ajratilib, davlat klinikalariga yangi apparaturalar olib kelindi. Lekin ularni ishlata oladigan kadrlar hozir xususiy klinikalarda ishlamoqda yoki ko‘pchiligi chet elga ketib yuborgan.

    Xorijga ketishning birinchi sababini moddiy manfaatdorlik deb olsak, ikkinchi asosiy sabab – davlat klinikalarida motivatsiyaning tubdan sindirilganida. Bizda davlat klinikasiga yangi ishga kelgan shifokor salgina bosh ko‘tarsa, uni qayta tiklanmas qilib sindirib yuborish holati bor. Katta majlislarda 5—6-marta ruhan sindirilgan shifokor, butun umrini tibbiyotga bag‘ishlagan bo‘lsa ham: “bore, tibbiyot ham kerak emas. Undan ko‘ra mardikorlik qilaman”, deb, kerak bo‘lsa, mardikor bo‘lib yurganlar bor.

    Taxminan olaylik, davlat bitta dehqonni tayyorlash uchun 10 ming dollar sarflaydi. Bir muhandisni tayyorlashga 50 ming dollar xarajat qiladi. Bir shifokorni tarbiyalash uchun esa 100 ming dollar sarflaydi. Davlatning 100 ming dollarli kadrini ayrim “boshliq”lar tibbiyotga oid bo‘lmagan sabab bilan, ya’ni shaxsiy g‘araz tufayli ishdan bo‘shatib, yo‘q qilib yubordi. Axir 10 yillab o‘qigan, katta bosqichlardan o‘tgan kadrning qadriga yetishimiz kerakku.

    Sizningcha, tibbiyotdagi muammolarga yechimlarni qaysi masalalardan boshlash kerak?

    Tibbiyotimizda birinchi o‘rinda zaxira kadrlarni tayyorlash kerak. Oxirgi 10 yil ichida talabalarning ideal shifokorlardek bo‘lishga intilishi kuzatilmay qoldi. Chunki yaxshi shifokorlar xususiy klinikalarga o‘tgach, ular haqidagi ma’lumotlar yo‘qoldi. Talabalik paytlarimda “katta bo‘lsam, falon shifokorga o‘xshab hirurg bo‘laman”, degan idellarimiz bo‘lardi. Shunday ideallarni hozirdan yana qayta tashkil qilish zarur. Xususiy klinikalar bilan ham o‘qitish va malaka almashishni yo‘lga qo‘yish kerak. Xususiy klinikalar bilan davlat kilinikalarini do‘st qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘yinidagi eng katta vazifalardan. Chunki hozir xususiy va davlat klinikalarining orasida jarlik va hasad bor.

    Zaxira kadrlarni yig‘ib, ularni brend darajaga olib chiqa olsak, katta natijalarga erishamiz. Men Isroilda o‘qidim va malaka oshirdim. U yerda shifokorlarni bizdan ortiq bilimi yo‘q. Lekin ular tibbiyotni brend darajasiga olib chiqdi. Sababi ular bitta kasb egalarini bir-biri bilan do‘st qilish tizimini yaratdi. Bizdachi? Klinikaga kelib, bir shifokordan dorilar retseptini olingda, ikkinchi bir shifokorga boring. U avval yozilgan dorilarni chizib, o‘chirib yuboradi. “Bular bo‘lmaydi”, deb boshqa dorilar yozib beradi. Ikkala shifokor yozib bergan dorilarni solishtirsangiz, tarkibi bir xil, firma nomi turlicha dorilarni yozib bergan bo‘ladi. Ya’ni holat shu darajagacha yetgan.

    Ko‘chada afisha ko‘tarib “tibbiyotimiz zo‘r”, deb maqtaning, foydasi yo‘q. Undan ko‘ra, siz ikki nafar bemorni yaxshi davolab qo‘ying. Keyin ular “men yaxshi shifokorni taniyman”, deb ortidan o‘nlab, balki yuzlab odamlarni olib keladi. Tibbiyotning reklamas shu. Boshqa yo‘l yo‘q. Natijasiz har qanday reklama, tibbiyotda nolga teng.

    Davlat shifoxonalari bilan xususiy shifoxonalar o‘rtasida raqobat kuchli. Atrofimizdagi odamlarni kuzatsak, ular ko‘proq xususiy klinikalarga murojaat qilishga intiladi. Bu davlat klinikalariga nisbatan ishonchsizlik organini anglatadimi yoki boshqa sabablari bormi?

    1996-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda odamlar xususiy klinikalarni sifati eng past, hamma ishdan quvilgan yoki qo‘lidan ish kelmaydigan shifokorlar yig‘ilgan, faqat pul shilish uchun ochilgan muassasalar deb tushunardi. Undan keyingi davrda xususiy klinikalar borgan sari o‘zini o‘zi moddiy tomondan qoplab, obro‘ yig‘a boshladi. Buning birinchi sababi – tibbiyot shaxsga bog‘liqligida.

    Xususiy klinikalar davlat klinikalarida ishlayotgan eng mashhur, o‘qimishli, natija beruvchi shifokorlarni o‘ziga yig‘ib oldi. Ularga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Keyin o‘sha shifokorlar ikki baravar effekt bilan ishlay boshladi. Davlat klinikasida har kuni boshiga urib ishlatgan bo‘lsa, xususiy klinikada boshini silab ishlatdi. Bu berkitadigan gap emas.

    Sharoit va motivatsiya bo‘lgani uchun xususiy klinikalardagi shifokorlar kerak bo‘lsa ishxonada yotib qolib ishladi. Natijada ham shifoxonaning, ham shifokorning obro‘si ko‘tarildi. Bu yerda 2 ta tizimni solishtirsa bo‘ladi. Masalan, davlat klinikalaridan biriga ginekolog direktor bo‘ldi. O‘sha klinikaning ginekologiyasi yaxshi rivojlanib, qolgan yo‘nalishlarning hammasi o‘ladi.

    Davlat klinikalarda balandparvozlik, haybarakallachilikni yo‘qotish kerak. Majlisda boshliq rejalarni aytsa, biror xodim “bu xato, buni mana bunday qilish kerak”, desinchi, u o‘sha kuni ishdan haydaladi. Bunga haqiqiy sovet tuzumidan qolib ketgan vertikal boshqaruv deyiladi. Keling, shuni gorizontal boshqaruvga o‘tkazaylik. Biror shifkor shifoxonadagi muammoni bemalol vazirga ham ayta oladigan bo‘lishi kerak.

    Hamma sohalar qatori tibbiyotda ham korrupsiya, tanish-bilishchilik muammosi uchraydi. Buni yechishda qaysi davlatlardan tajriba o‘rganish, qanday choralar qo‘llash kerak deb o‘ylaysiz?

    Menimcha, avval buning sababini aniqlash zarur. Misol uchun, qishloqda bir shifokor 500 ming so‘m, 1 yoki 2 million so‘m pora olgan. Shuni tagini surishtirsangiz, u pulni yetishmovchilikdan olgan bo‘ladi. To‘g‘ri, buni qilmaslik kerak deymiz. Lekin bunga qo‘l urmasligi uchun xodimlarni to‘q qilib qo‘yishimiz kerak. Har bitta odamning biror narsa qilishiga sabab bo‘ladi.

    Bizga vatanparvarlik tuyg‘usi juda zarur. Bu balandparvoz gapdek tuyuladi. Kim chet elda yashab ko‘rgan bo‘lsa, buni yaxshiroq his qiladi.

    Bir o‘rtog‘im Amerikadan juda katta ideya va summalar bilan vatanimizga keldi. Aytichnik edi, IT maktabini ochdi. O‘zbekistonga juda katta pul tikdi. “Vatanim uchun qilay shu ishlarni”, dedi. Shu vatanda tug‘ilgan har bir odam agar shu darajadagi ishlarni qila olganda O‘zbekiston hozir rivojlanish bo‘yicha Dubaydan ham o‘tib ketardi. Keyin u Amerikaga yana ketib yubordi. Nega ketding, desam, shunday javob berdi: “O‘zbekistonda har bir qilmoqchi bo‘lgan ishing uchun “tashlab turishing” kerak ekan. Ya’ni har bitta qilinadigan ishing, har bir qadaming kimnidir boqish bilan, kimgadir tiz cho‘kish bilan o‘tadi. Nima qilaman bu yerga pul tikib, kettim u yoqda yashayman. U yoqda hamma teng”, dedi. Vatanparvar bo‘lib qaytib kelgan odam ishiga halal berish, uni sindirib yuborish kerak emas.

    Onkologiya – tibbiyotning eng yirik yo‘nalishlaridan biri. Bugun O‘zbekistonda onkologiyaning rivojlanish darajasi qanday kechmoqda? Ushba sohada ahamiyat berish zarur jihatlar qaysilar?

    Onkologiyada jamoatlar lakmus qog‘oziga o‘xshab ajralib ketgan. Hozirda bu yo‘nalishda do‘stona tizim yo‘q. Onkologiya 2016-yilgacha monopoliya bo‘lgan. Har qanday joyda bilishadi buni. Direktor o‘zgargach, “bilganingni qilaver”, degan ma’nodagi tizim paydo bo‘ldi. Xususiy klinikalarga onkologiya borasida imkoniyat berildi va tizim keskin rivojlandi. Faqat davlat klinikalaridagi onkologiyada tizim buzilib ketdi.

    Masalan, order masalasini olaylik. Bu bemorlarni sarson qildi. Odamlar xuddiki labirintga tushirilgandek bo‘ldi. Yagona onkologiya markaziga davolanishga kelgan bemor, tahlil uchun butun Toshkentni aylanib chiqishi kerak. Ya’ni bemorni tekshiruvdan o‘tish uchun onkologiyadan shaharning boshqa tumanida joylashgan neyroxirurgiya, travmotologiya yoki boshqa tahlillar uchun klinikalarga yuborishadi. Barchasiga birma-bir borib, hujjat yig‘ishga 3 kun vaqt sarflanadi. Bular bo‘lgan ishlar. Bemor bunday sarsonlikdan yo o‘ladi, yo tabibda davolanaman deb ketib yuboradi.

    Dunyoda buning yechimi borku. Har bitta shifoxonada barcha bo‘limlar bo‘lishi kerak. Masalan, neyroxirurgiya, gemotologiya va boshqalar. Bu narsa multidissiplinar shifoxona deyiladi. Bemor shifoxonaga kirgandan keyin oxirgi xulosani olib chiqib ketadi. Shunda to‘g‘ri taktika bo‘ladi. Bizda esa hammasini u yoqdan bu yoqqa qo‘yib tashlangan. Men hozir kasalxonalar masofasi bir-biriga yaqin bo‘lgan poytaxtni misol keltirdim. Viloyatlarda oraliq juda ham uzoq.

    Bizga sog‘liqni sug‘urtalash tizimi hali kirib kelmadi. Buni yo‘lga qo‘yish zarur. Yoki bo‘lmasa, har bir tashkilot xodimlari salomatligiga javob beruvchi agentliklar kirib kelmadi. Ushbu masala ham muhim. Zarur bo‘lmagan ba’zi bir qismlarini olmasdan, muhim tomonlarini o‘zimizning mentalitetga moslab yangi tizim yaratsak, Amerikani qayta ochishga hojat yo‘q. Tayyor tizim bilan ishlayveramiz.

    Yana bir o‘ta muhim masala – vatanparvar va salohiyatli boshqaruvchi kadrlarni juda ham nozik tanlash bilan ishga olish zarur.

    Tibbiyot sohasining vakili sifatida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi hozirgi tempda ketsa, 10 yildan keyingi holatini qanday tasavvur qilasiz?

    O‘n yildan keyingi holatni boshqa davlatlar bilan taqqosiy hisoblaydigan bo‘lsak, buning uchun u davlatlar to‘xtab turishi kerak. Chunki ular ham o‘n yillab tinch turmaydida, oldinga qarab ketadi.

    Hozirgi paytda bizning tibbiyotimizda oldinga qarab yurish juda ham sekin. Olingan narsalarni ko‘z-ko‘z qilishimiz mumkin.

    Masalan, 50 ta “tez yordam” avtomobillari, 200 ta UZI apparatlari olindi”, deb maqtanish mumkin. Lekin bu tibbiyot emas. Tibbiyotga kadr kerak. Qani kadr? Mana shu 200 ta apparat yoniga 200 nafar mutaxassisni o‘tirgizib qo‘ysin, undan keyin “biz 200 ta UZI tizimini yo‘lga qo‘ydik”, desin.

    Mana shu narsa tibbiyot deyiladi. Oldinga qarab ketishimiz sust deganimiz, bizda tibbiyot kadrlar masalasida oqsayapti. Agar shu zaylda kadrlar chet elga chiqib ketaversa, borlari ham biologik yoki boshqa sabablar tufayli yo‘qolib borsa, 10 yildan keyin ancha orqaga ketib qolishimiz mumkin. Chunki hozirgi paytda kadrlar almashinuv jarayonida bo‘shliqlar katta. Ularni oldindan hisobga olib, to‘lidirib borish kerak.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    operator Ilhom Xursanaliyev

    05.09.2022, 16:37   Izoh (0)   24039
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    05.09.2022, 16:37

    Samarqand turizm markazi Euronews telekanili nigohida

    05.09.2022, 16:30

    Yangiyo‘lda o‘qituvchi o‘quvchilarni kaltaklagani va haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi

    05.09.2022, 15:34

    Qo‘qonda Matiz’i jarima maydoniga tushgan haydovchi lezviya bilan o‘ziga jarohat yetkazishga urindi (video)

    05.09.2022, 15:23

    Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi ikkita yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    05.09.2022, 15:12

    “Oxirgi 3 yilda ko‘pchilikning dumini bosib qo‘ydik” – maktab darsliklarining ijara narxlarini keskin ortishi tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

    05.09.2022, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.